2-tasnif: Universitet bitiruv malakasi - 124 kreditO’zbekistonda bo’lib turib JDU orqali Yaponiyaning masofaviy universitetlari darslarida onlayn qatnashiladi.
Universitet o'quv dasturidan misollar:Universitet nomi: Tokyo Online UniversityYetishtiriladigan kadrlar: IT (Axborot texnologiyalari) sohasidagi bilim va ko'nikmalarga qo'shimcha ravishda keng ko'lamli bilimlarga ega va innovatsiyalarni yaratishi mumkin bo'lgan kadrlar tayyorlarlanadi.
Fakultet nomi: Axborot menejmenti fakulteti, Axborot menejmenti yo'nalishi.
Fanlarga misollar: Dasturlash seminari, ma'lumotlar bazasi nazariyasi, server tuzilishi seminari, axborot tuzilishi va algoritm, tizim dizayni, axborot xavfsizligi.
Qo'lga kiritiladigan daraja: Bakalavr (Axborotni boshqarish), Axborotlarga ishlov beruvchi, Asosiy axborot muhandisi.
Egallanadigan asosiy kasbiy ko'nikma: IT muhandisligi.
Universitet nomi: Otemae UniversityYetishtiriladigan kadrlar: Gumanitar fanlar g'oyasi asosidagi turli xil ko'nikmalarga ega bo'lgan, ko'plab muammolarga to'la hozirgi zamon jamiyatida yashay oladigan kadrlar tayyorlanadi.
Fakultet nomi:Masofaviy ta'lim bo'limi Zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlar fakulteti, Zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlar yo'nalishi.
Fanlarga misollar: madaniyatlararo muloqot, shaxslararo munosabatlar nazariyasi, taqdimotlar nazariyasi, muloqot nazariyasi, ma'lumotlar bazasi nazariyasi, kompyuter va aloqa, veb yaratish.
Qo'lga kiritiladigan daraja: Bakalavr (akademik), taqdimot amaliyotchisi.
Egallanadigan asosiy kasbiy ko'nikma: Veb yaratuvchi.