Ta'lim mazmuni
Yaponiyada IT muhandisi bo’lib ishga kirishda kerakli bo’lgan qobiliyatni beruvchi o’quv programmasi 4.5 yil ichida o’rganib bo’linadi. “Yapon tili”, “Yaponiya universiteti darajasi” va “Biznes ko’nikmalar” kabi katta ixtisoslik tasniflariga bo’lingan bu o’quv programmasi orqali doim asqotuvchi biznesmenga kerakli bo’lgan bilim va ko’nikmalar o’rgatiladi.
Shuningdek, biri Yaponiyada va biri O'zbekistonda rasman tan olinadigan, ikki tomonlama universitet diplomi, turli xil muhandislik va yapon tili sertifikatlarini olishingiz hamda Yaponiyada ish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.
O'quv yillari
Yarim yil
Keyingi 1 yil
Keyingi 3 yil

O’quv dasturi

Ta’lim muddati eng kamida 4.5 yil bo’lib, 9 ta semester (yarim yillik) muddatda umumiy 200 kredit yig’ish orqali, ushbu ta’lim dargohining diplomi qo’lga kiritiladi.
  • 1-tasnif: Yaponiyada ishlashga oid bilimlar - 24 kredit
    Bunda, Yaponiyada ishlash uchun kerakli bo’lgan yapon tili va ish madaniyati o’rganiladi. Asosan elektron ta’limdan foydalanish orqali “Input o’rganish”ga urg’u beriladi va haftada bir martadan ko’proq “Output o’rganish” imkoniyatini taqdim qilish orqali natijalar tekshiriladi.
    Ishlash madaniyati. Yaponiyada ishlash jarayonida kerak bo’ladigan bilimlar o’rganiladi.
    Masalan: Biznesda o’zini tutish, ish odatlari, yaponcha hurmat, qonun-qoidaga amal qilish, kiyinish va boshqa madaniy masalalar.
  • 2-tasnif: Universitet bitiruv malakasi - 124 kredit
    O'zbekistonda bo'lib turib JDU orqali Yaponiyaning masofaviy universitetlari darslarida onlayn qatnashiladi.

    Universitet o'quv dasturidan misollar:

    Universitet nomi: Tokyo Online University
    Yetishtiriladigan kadrlar: IT (Axborot texnologiyalari) sohasidagi bilim va ko'nikmalarga qo'shimcha ravishda keng ko'lamli bilimlarga ega va innovatsiyalarni yaratishi mumkin bo'lgan kadrlar tayyorlarlanadi.
    Fakultet nomi: Axborot menejmenti fakulteti, Axborot menejmenti yo'nalishi.
    Fanlarga misollar: Dasturlash seminari, ma'lumotlar bazasi nazariyasi, server tuzilishi seminari, axborot tuzilishi va algoritm, tizim dizayni, axborot xavfsizligi.
    Qo'lga kiritiladigan daraja: Bakalavr (Axborotni boshqarish), Axborotlarga ishlov beruvchi, Asosiy axborot muhandisi.
    Egallanadigan asosiy kasbiy ko'nikma: IT muhandisligi.

    Universitet nomi: Otemae University
    Yetishtiriladigan kadrlar: Gumanitar fanlar g'oyasi asosidagi turli xil ko'nikmalarga ega bo'lgan, ko'plab muammolarga to'la hozirgi zamon jamiyatida yashay oladigan kadrlar tayyorlanadi.
    Fakultet nomi:Masofaviy ta'lim bo'limi Zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlar fakulteti, Zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlar yo'nalishi.
    Fanlarga misollar: madaniyatlararo muloqot, shaxslararo munosabatlar nazariyasi, taqdimotlar nazariyasi, muloqot nazariyasi, ma'lumotlar bazasi nazariyasi, veb yaratish.
    Qo'lga kiritiladigan daraja: Bakalavr (akademik)
    Egallanadigan asosiy kasbiy ko'nikma: Veb yaratuvchi.
  • 3-tasnif: Biznes ko'nikmalar - 55 kredit
    3.1. Muhandislik sertifikati - 27 kredit - IT muhandisi bo'lish uchun bo'lgan mutaxassislik bilimlari chuqurlashtirilib, ishga kirish va viza olish uchun foydali bo'ladigan sertifikatlar qo'lga kiritiladi.

    3.1.A. Dasturchilar tayyorlash o'quv dasturi. Dasturlash tili grammatikasining asoslarini tushunishdan tortib dastur yozish va amaliy dasturlarni ishlab chiqishgacha bo'lgan keng ko'lamdagi video darslar taqdim qilinadi.
    Qo'lga kiritiladigan sertifikatlar (asosiy qismlar):
    - Java SE 8 sertifikati;
    - C tili bo'yicha dasturlash qobiliyatini tekshirish imtihoni;
    - Ruby bo'yicha muhandislik malakasi imtihoni;
    - Android bo'yicha munandislik malakasi imtihoni (ACE);
    - Google analitikasi bo'yicha individual kvalifikatsiya (GAIQ).
    3.1.B. Dasturlash mashqlari. Qisqa muddatli intensiv mashg'ulot bo'lgan "Online boot camp" o'tkaziladi. Amaliyotdagi professionallarning yordami va noyob o'quv tizimi asosida qisqa muddatda muvaffaqtiyatga erishiladi.
    3.1.C. Sun'iy intellekt muhandisi tayyorlash o'quv kursi. Pythonga kirishdan boshlab, chuqur o'rganish, NLP va mashhur sun'iy intellekt texnologiyalarini amalda kod yozib ko'rish orqali o'rganish mumkin bo'ladi.

    3.2 Ish bajarish ko'nikmalari - 25 kredit - Global kadr va jamiyat a'zosi sifatidagi tezda asqotuvchi qobiliyatlar shakllantiriladi.

    3.2.A. Kovork (Amaliy-loyihaviy o'rganish)
    Yaponiyadan olingan ishlar, kraudsorsing usuli yordamida va O'zbekistonda bo'lib turgan holatda, kovork hududlarida bajariladi. Kotibiyat xodimlarining rahbarligi ostida 2-10 kishidan iborat jamoalar tuziladi va jamoa yetakchilari tanlanadi. Jamoada ishlar tahlili, rejalashtirish, amalga oshirish, protsess nazorati, tovar sifatining nazorati, ishni topshirish, mijozning qoniqish darajasini baholash, orqaga qaytish va baholash kabilarni amalga oshirish orqali, real holatdagi biznes jamiyatidaning ish bajarish ko'nikmalari shakllantiriladi.
    3.2.B. Ish bilan ta'minlash: Yaponiyada ishlash uchun nomzod kompaniyalarni tanlash, nomzod kompaniyalar bilan masofaviy suhbatlar, yuzma-yuz suhbatlar kabilarni ishga joylashish hal bo'lguncha amalga oshiramiz.

Yaponiyada ishga joylashish jarayonlari
Ish topishda quyidagi ko'mak turlari amalga oshiriladi:
batafsil
1)Portfolio
JDU portfoliyo sayti deb nomlanuvchi saytga birinchi semesterdan boshlab har kunlik o’rganish natijalari kiritib boriladi. Bu natijalar Yapon kompaniyalarining xodim yollash bo’yicha mas’ullari tomonidan ko’rilishi mumkin bo’ladi.
2)Amaliyot
4-semesterdan boshlab kovorkingning bir turi sifatida Yaponiya kompaniyasining ehtiyojlariga qarab, masofadan turib amaliyot o’tash imkoniyati mavjud bo’ladi. Bu holatda Yapon kompaniyasida amalda ishlash orqali kelajakdagi ish joyini tekshirib olish mumkin bo'ladi.
3)Ish topishda ko’maklashish
8-semesterdan boshlab, JDUning ish topishga ko’maklashish markazi tomonidan to’liq formatdagi yordam amalga oshiriladi. Masofadan turib kompaniya tanishtiruv seminarini o’tkazish, portfoliyo orqali talabani tanlab olish yoki kompaniya bilan bog’lab qo’yish, onlayn suhbat kabilar amalga oshiriladi.
4)Yaponiyaga tashrif
Ehtiyojga qarab jonli suhbat uchun Yaponiyaga tashrif amalga oshirilishi mumkin. Bunda aviachipta xarajatlari talabalar tomonidan to’lanishi kerak bo’ladi.
5)Ish topishdagi davomiy yordam
9-semester tugayotgan vaqtda ham ishga kira olmaganlarga, shu vaqtdan boshlab yana 2 yil davomida ishga kirishda yordam ko’rsatiladi.
6)Malaka oshirishdagi davomiy yordam
Ishga kirgandan keyin ham davomli ravishda malaka oshirish, ish o’zgartirish hamda O’zbekistonda qaytib ish topish masalalarida ko’maklashiladi.
O'rganish uslubi
Poytaxtimiz shahar markazida joylashgan har tamonlama qulayliklarga ega, eng oxirgi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosidagi ta'lim usuli yordamida Yaponiya ta'limini to'g'ridan-to'g'ri olishingiz mumkin bo'ladi. IT muhandisi va biznesmen uchun kerakli bo'lgan qobiliyatlarni egallash yo'lidagi maqsadga nisbatan, qaror qabul qilishda kerakli bo'lgan "output" mavzusi va usuli belgilanadi. Bir fan birligi (2 kredit)da ikkita o'quv uslubi birlashtiriladi va ular elektron ta'limdan samarali foydalaniladigan "input" o'rganish va olingan bilimni ishlatish orqali amalga oshiriladigan “output" o'rganish uslublaridir.

Input o’rganish
Belgilangan o’rganish uslubi asosida elektron ta’lim amalga oshiriladi. Bunda kredit olish yoki olmaslik masalasi input o'rganish, kichik test, kredit olish imtihoni va o'rganish tarixiga qarab belgilanadi.
Output o’rganish
Har bir sinf bo’yicha sinfxonalarda yig’ilib, "input" o’rganishning natijaviy taqdimoti o’tkaziladi. Yaxshi bahoga ega bo’lganlar har semesterda minbardan turib taqdimot qilishadi.
Made on
Tilda