Abituriyentlar diqqatiga!
2024/2025-o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Muhim sanalar ro'yxati
1
15-dekabr: qabul yakunlanadi
Kirish imtihoni uchun to'lov: 200 000 so'm
2
18-dekabrdan
25-dekabrgacha: imtihon davri
Japan Digital University'da
2024-2025 o'quv yili uchun qabul jarayonlarining imtihoni onlayn tartibda bo'lib o'tadi.
3
29-dekabr: imtihon natijalari
29-dekabr imtihon natijalari universitet saytida e'lon qilinadi.
4
6-yanvardan boshlab
Universitetga kirish jarayoni
Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyentlar bilan shartnoma imzolanadi va abituriyentlar kontrakt to'lovini amalga oshiradilar.
2024/2025-o'quv yili uchun qabul
*Hujjat topshirishdan oldin, qabul shartlari bilan tanishib chiqing!
※ Joylar soni cheklangan!
*Yangi tashkil etilayotgan yo'nalishlar to'g'risida ma'lumotlar yaqin kunlarda e'lon qilinadi

・"Sun'iy intellekt" yo'nalishi
Ushbu yo'nalish talabalarga IT asoslari bilan birga Data science, AI texnologiyasi asoslarini, sun'iy intellekt bilan ishlash usullarini, Chat GPT kabi so'nggi AI mahsulotlari va sun'iy intellektdan amaliy foydalanish kabi bilimlarga ega bo'lish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu yo'nalishi tahsil olgan talabalar AI sohasida yetuk IT muhandis bo'lib, Yaponiyadagi eng ilg'or sohalaridan birida ishlash imkoniyatiga ega bo'lishadi.

・"Kiberxavfsizlik" yo'nalishi
IT asoslari bilan bir qatorda siz CCNA informatsion texnologiyasi va kiberxavfsiz sohasini o'rganishingiz mumkin. O'qishni tugatgandan so'ng siz Yaponiyada IT infratuzilmasi operatori sifatida ishlashingiz mumkin.
CCNA sertifikati - bu sizning doimiy o'zgaruvchan IT muhitiga moslashish qobiliyatiga ega ekanligingizni isbotlaydi. CCNA imtihoni tarmoq asoslarini, IP xizmatlarini, xavfsizlik asoslarini, avtomatlashtirish va dasturlash qobiliyatini qamrab oladi. Chaqqonlik va ko'p qirralilik uchun mo'ljallangan CCNA bugungi kunning eng ilg'or tarmoqlarini optimallashtirish va boshqarish uchun zarur ko'nikmalarga ega ekanligingizni isbotlaydi.



*Yuqoridagi barcha yo'nalishlar bir fakultetimizning yo'nalishlari doirasida tashkil etilgan bo'lib, o'qishni tamomlagandan so'ng IT menejmenti mutaxasisligi ichiga kiradi.
*Hozirda bizning universitetda tahsil olayotgan talabalar ham ushbu yo'nalishlarninig biriga 4-semestrdan boshlab o'zgartirish imkoniyati rejalashtirilmoqda.
*Yo'nalishingizdan qat'iy nazar kovorking amaliyotida ITga doir vazifalarning turli hil bo'lib, ishlay olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.


2024/2025-o'quv yili uchun qabul shartlari
Kirish imtihoniga ariza topshirishda kerakli ma’lumotlar va topshiriladigan hujjatlar
yillik o'qish uchun kontrakt to'lovi va yo'nalishlar