FAQs
Yapon tilini bilmayman, o'qishga topshirish imkoni bormi?

Albatta. Kirish imtihonlari davomida 2 haftalik yapon tili darslari amalga oshiriladi.

O'qishga kirgandan so'ng, birinchi yarim yil davomida yapon tiliga ixtisoslashgan kurslar o'rgatiladi. Undan so'ng , yapon tili bo'yicha yordam olgan holda, Yaponiya universitetining darslarini o'rganish orqali, yapon tilini biznesda ishlata oladigan darajada o'rgana olasiz.

Universitetda o'qish uchun, men Toshkentda yashashim shartmi?

Siz Toshkentdagi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining asosiy kampusiga har kuni qatnay oladigan joyda yashashingiz kerak. Talabalar yotoqxonasi berilmaydi.

Mazkur universitet diplomi Yaponiyada tan olinadimi?

Ha, Yaponiyada ham, O'zbekistonda ham davlat tomonidan tan olingan diplomni qo'lga kiritasiz. O'zbekistonda yashab turib, texnologiyalarni ishlatgan holda Yaponiyadagi universitetning darslarini o'rgana olasiz. Shu bilan bir vaqtda, O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga ro'yxatga olinasiz va shu universitetning diplomiga ega bo'lasiz.

Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tan olingan universitet diplomini qo'lga kiritish mumkinmi?

JDU Yaponiyaning universitetini tamomlash imkonini beradi. Siz bakalavr darajasini rasman tan olingan Yaponiya universitetida olasiz. Shu bilan birga, O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining diplomini ham qo'lga kiritasiz.

Agar universitetni tugatgandan so’ng, Yaponiya universitetining diplomi bo’lsada, Yaponiyada ish topolmasam, ISA shartnomasi bo'yicha majburiyatlar qanday bo'ladi?
Agar siz diplom olgandan so’ng 2 yil davomida ish topa olmasangiz yoki noaniq sabalarga asosan ishga kirishda sizga rad javobini berishsa, ta'lim to’lovi qisman kamaytiriladi. Kamaytirish foizi har bir holatga qarab, alohida-alohida hisoblanadi va siz ish izlashda davom etishingiz kerak bo'ladi.
O'qish muddati qancha davom etadi?
Talabalar xohlayotgan mutaxassislik va ularning til darajasiga qarab, quyidagi 3 xil ta'lim kursi yo'lga qo'yilgan:
(Kurslar universitetga kirgandan keyin, baho ko'rsatkichi va til darajasiga qarab hal qilinadi. Talabalar bu haqda kotibiyat tomonidan xabar qilinadi.)

・4,5 yillik ta'lim kursi (Yapon tili ta'limi 6 oy + Yaponiyaning universitet darslari 4 yil)
・5 yillik ta'lim kursi (Yapon tili ta'limi 12 oy + Yaponiyaning universitet darslari 4 yil)
・5,5 yillik ta'lim kursi (Yapon tili ta'limi 18 oy + Yaponiyaning universitet darslari 4 yil)

Universitetni bitirgunga qadar 5 yil yoki 5,5 yil muddat ketgan taqdirda ham, ta'lim to'lovining umumiy miqdori bir xil bo'lib, 4,5 yillikgacha bo'lgan ta'lim to'lovinigina amalga oshirish kerak bo'ladi. Lekin, darsni o'zlashtira olmaslik sababi bilan kursdan kursga qolish holatlari bundan mustasnodir.
Ishdan ajralmagan holda ta'lim olish mumkinmi?
Darslar jadvali dushanbadan shanbagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha reja qilingan. Agar siz darslarda to’liq qatnasha olsangiz, darsdan tashqari vaqtda ishlash muammo bo’lmaydi.
Yaponiya universitetariga to'g'ridan-to'g'ri kirish bilan solishtirganda afzalliklari nimada?

Afzalliklari:

  • O’zbekistonda bo'lib turib, Yaponiya universitetining darslariga qatnasha olasiz.
  • Bir vaqtda O'zbekistondagi universitetning diplomiga ega bo'lish imkoniyati bor.
  • Yapon tili bo'yicha yordam olgan holda darslarga qatnasha olasiz.
  • Ishga joylashishda va o'qish to'lovlarida qo'llab-quvvatlaymiz.
  • Yaponiyaga kelishingiz yoki kafillikka oluvchi shaxs talab etilmaydi.
  • Yaponiya universitetlariga kirish uchun JLPT N3 va N2 darajalari kerak. Lekin, JDU da N3 yoki N2 darajalariga ega bo'lishdan oldin o'qishga kira olasiz.
Ta'lim to'lovi qancha ?
Kontrakt to'grisida quyidagi ilova orqali batafsil tanishsangiz bo'ladi: kontrakt.
Qaysi fandan imtihon bo'ladi ?
JDUga kirish imtihonlari 2 hafta davomida onlayn amalga oshiriladi. Bunda universitetni bitirgandan keyin IT muhandis sifatida Yaponiyada faoliyat yurita olish uchun matematika bilimi va yapon tilini o'zlashtirish qobiliyati e'tiborga olinadi. Yapon tilini o'zlashtirish qobiliyati, kirish imtihonlari davomida yapon tili boshlang'ich kursiga onlayn tarzda qatnab yapon tilini o'rganish va o'rganilgan bilimlarni imtihon qilish orqali aniqlanadi. Shuning uchun, hozirda yapon tili umuman bilmaydiganlar ham, albatta hujjat topshirishsa bo'ladi.
Imtihon topshirish uchun kompyuter yoki smartfon, hamda internet sharoiti kerak bo'ladi.
Imtihon qanday ko'rinishda bo'ladi ?
Bizda imtihon onlayn tarzda bo'lib o'tadi.
Qanday hujjat topshirish kerak ?
Quyidagi hujjatlar jdu.uz saytidagi "hujjat topshirish sahifasi" orqali topshiriladi:
1) Pasport nusxasi;
2) Umumiy o'rta va o'rta-maxsus ta'limni tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat;
Hujjat qayerga topshiriladi ?
Hujjat topshirish onlayn amalga oshiriladi. Ya'ni, bizning saytimiz jdu.uz orqali maxsus shaklni to'ldirishingiz kerak bo'ladi.
Onlayn hujjat topshirsa bo'ladimi ?
Hujjat topshirish onlayn bo'ladi. Ya'ni bizning saytimiz jdu.uz da maxsus shaklini to'ldirishiz kerak bo'ladi.
Ta'lim qayerda bo'ladi (universitet binosi qayerda joylashgan)?
Ta'lim O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti ichida joylashgan JDU o'quv binosida bo'ladi.
Darslar qaysi sohalarga oid bo'ladi?
2020/2021-o'quv yili uchun "Dasturchi-muhandis" yo'nalishi yo'lga qo'yilganligi sababli, asosan IT sohasiga oid darslar o'rgatiladi. Boshqa o'tiladigan darslar haqida, bosh sahifamizning "Ta'lim" qismida batafsil ko'rishingiz mumkin.
http://jdu.uz/education/#years
Ta'lim qanday tilda bo'ladi ?
Ta'lim programmasi bo'yicha yapon tilida va o'zbek tilida bo'ladigan darslar bor.
IELTS kerakmi ?
Majburiy emas, IELTS bo'lsa ham hozirda topshirish shart emas.
JDUga hujjat topshirishda qanday xarajatlar mavjud?
JDUning kirish imtihon to'lovi 200,000 so'm. Buning ichiga yapon tili elektron ta'lim tizimidan va o'quv materiallaridan foydalanish ham kiradi.
Ma'lumot uchun: https://jdu.uz/enrollee
Ta'lim programmasi ichida ishlab, daromad olish mumkin bo'ladigan amaliy mashg'ulotlar ham nazarda tutilganmi?
Ha, 2-kursdan boshlab Kovork amaliy mashg'uloti reja qilingan. Kovork amaliy mashg'ulotida talabalar jamoa bo'lib Yaponiyadagi kompaniyalardan har xil ishlarni qabul qilib, birgalikda ish qilishadi. Bu amaliy mashg'ulot darslardan biri hisoblanadi. Kovork amaliy mashg'uloti orqali ishlab topilgan pul bilan ta'lim to'lovini to'lash imkoniyati ham mavjud.
Grantlar bormi?
Ha, bor!
Har yili moddiy tomondan qiynalgan 10 nafar talaba kotibiyat tomonidan tanlanadi va ularga o’sha yilning o’qish to’lovi bepul qilib qilinadi. Bunda, talabalar birinchi yilda kirish imtihoni natijalariga va keyingi yildan boshlab esa universitetdagi ko’rsatkichlariga qarab tanlab olinadi.
Undan tashqari, JDUga o'qishga kirgan talabalarga ta'lim to'lovini to'lash bo'yicha yordam tizimi joriy qilingan. Batafsil ma'lumot uchun, veb-sahifamizdagi "Ta'lim to'lovi va u bo'yicha yordam tizimi" nomli qismga qarang.
O'qish tugagandan keyin ishga joylashtirasizlarmi?
Ha. JDU afzalliklarining biri bu bitirish arafasida Yaponiya kompaniyalariga ishga joylashishda talabaga yordam berishdir.
Men matematikani tushunmayman, lekin o'qishni xohlayman.
IT muhandisi sifatida o'qitish uchun siz ozgina bo'lsada matematikaga oid bilimga ega bo'lishingiz kerak.
Yosh cheklovi nega joriy qilingan?
Yaponiya ish bozorida, kompaniyalarga ishga kirishda, universitetni endi bitirgan yosh bitiruvchilarga alohida ustuvorlik beriladigan tizim mavjud. JDU bitiruvchilari shu ustuvorlikdan foydalana olishlari va muvaffaqiyatli ravishda ishga kira olishlari uchun, yosh cheklovi joriy qilingan.
Matematika imtihonining qamrovi qanaqa bo'ladi?
Maktab programmasi darajasida bo'ladi. Quyidagi sohalar qamrab olinadi: kvadrat funksiya, ehtimollik/kutilgan qiymat, kvadrat tenglama, chiziqli tengsizlik, sinus/kosinus, dasturlash, logarifmik funksiya/trigonometrik funksiya, parabola, ehtimollik/tasodifiy o'zgaruvchilar.
Darslarni hammasi onlayn bo'ladimi?
Yo'q. Ko'p darslar oflayn bo'ladi, ularni orasida onlayn o'quv materiallardan foydalaniladi.
O'qituvchilar to'g'risida ozgina ma'lumot bersangiz?
O'qituvchilar qaysi universitetga kirishga qarab farq qiladi. Misol uchun Tokyo onlayn universitetida quyida IT sohasidagi yetuk professorlar jamoasi keltirilgan. https://www.internet.ac.jp/faculty/teacher/
Bitta gruppada nechta talaba bo'ladi?
1 guruhda 25 nafar talaba bo'lishini reja qilyapmiz.
IT bo'yicha boshlang'ich IT bilimga ega bo'lish kerakmi?
Yo'q. Boshlang'ich darajadan darslar yo'lga qo'yilgan, lekin matematikadan bilim kerak bo'ladi.
Kontraktni bo'lib to'lasa bo'ladimi?
Ha. Ta'lim to'lovi sahifasidan ko'rishingiz mumkin.
Imtihon va qabuldan so'ng, yapon tilini o'rganish davri qaysi tilda bo'ladi?
O'zbek va yapon tillarida bo'ladi.
4-semestergacha olingan bilimga qarab biz Kovorking amaliyotini boshlasak, shu vaqtda ishlashga bilimimiz yetadimi?
Ha, shu nazarda tutilgan.
Birinchi matematikadan imtihon bo'lgandan so'ng o'qishga kiramizmi yoki yapon tilidan imtihon topshirgandan keyin o'qishga kiramizmi?
Ikkalasi ham tugallangandan so'ng, o'qishga kirganlik yoki kirmaganlik hal qilinadi.
NAT sertifikatning qanchalik foydasi tegadi imtihon topshirish uchun?
Avvaldan yapon tilini o'zlashtirganlar haqida, ma'lumot sifatida e'tiborga olinadi.
Matematikani yaxshi bilmayman, agar yapon tili imtihonidan o'ta olsam-u, matematikadan past bal olsam kirib ketish imkonim qay darjada bo'ladi?
Ehtimoldan holi emas. Lekin, IT muhandis bo'lish uchun ham matematika zarur hisoblanadi. Kirish imtihoni natijalari umumiy ravishda hisobga olingan holda chiqariladi.
2 haftalik darslar va imtihonlardan o'tgandan so'ng, o'qish qachon boshlanadi?
2021-yilning oktabr oyida darslar boshlanishi reja qilingan.
Men yapon tilini bilmayman, lekin IT sohasida ko'pgina loyihalarim bor. Yapon tili o'rganishga katta xohishim bor. Imtihonda bular inobatga olinadimi? Imtiyozlar bo'ladimi?
Ha, kirish imtihoni vaqtida, maqsadlar haqidagi yozma bayonotda albatta keltirib o'ting.
Imtihon onlayn bo'ladimi?
Ha.
2 hafta davomida faqat yapon tili o'rgatiladimi yoki matematikadan ham o'rgatasizlarmi?
Faqat yapon tili darsi bo'ladi. Matematikadan faqat imtihon bo'ladi.
Matematikadan imtihon test ko'rinishda bo'ladimi?
Ha, variantli test bo'ladi.
Yapon muttaxasislari oʻzbek tilini biladimi?
Yo'q, universitet o'qituvchilari o'zbek tilini bilishmaydi. Dars vaqtida auditoriyada bo'lib yordam berib turuvchi fasilitator xodimlar o'zbek tilini bilishadi.
Qabul 1 yilda bir marta bo'ladimi?
Qabul vaqti 1 yilda bir marta bo’ladi.
Magistratura ham bormi?
Hozircha yo'q.
Qo'shimcha ish bormi?
Qo'shimcha ish yo'q. Lekin, koroking jamoaviy amaliyot darsida Yaponiyadagi korxonadan olingan ish vazifalarni bajarib, daromad olish imkoniyati bor.
Kompaniyalarga berilgan tavsiya xati ularga ma'qul bo'lmasa va bitiruvchi ishga kira olmasa, bu holda universitet qanday bizga yordam bera oladi?
Universitetni bitirgan vaqtda ishga joylasha olmasa, bitirgandan so'ng 2 yil mobaynida JDU ish o'rinlarini tanishtirishda davom etadi.
Kontraktni Yaponiyaga ishga borib to'lashni tanlasak nimalar talab qilinadi?
Hamkorlikdagi bankning kredit ajratilishi uchun tekshiruvidan muvaffaqtiyatli o'tish kerak bo'ladi.
Shuningdek, kredit ajratilishi uchun tekshiruvidan muvaffaqiyatli o'tganda, foiz stavkasini har oy to'lash kerak bo'ladi.
Yaponiyaga o'qishga ko'chirish mumkinmi?
Hozirda rejamizda yo'q.
IT sohasida nimalar o'rgatiladi?
Asosan dasturlash sohasida muhim rol o'ynaydigan bilim va texnologiyalarni o'rganadi.
Aynan shartnoma qilingan korxonaga ishga kiriladimi?
JDU hamkorlari hisoblangan Yaponiya korxonalari bilan tanishtirib, ishga joylashish imtihoni topshiriladi.
Yaponiyada o'qisa bo'ladimi?
O'zbekistondan turib Yaponiyadagi universitetlarda o'qiladi.
Hujjat qabul qilish qachongacha davom etadi?
Hujjat topshirish muddatini 2 hafta muddatda amalga oshirishni reja qilganmiz.
O'zbekistonga qaytish sharti bilan ketiladimi?
O'zbekistonga qaytish majburiy emas. Lekin, JDU loyihasining asosiy maqsadi talabalar Yaponiyada turli tajribalarni orttirgandan so'ng O'zbekistonga qaytib, davlatning rivojlanishiga hissa qo'shishlaridir.
O'qishdan chetlashishlar bormi?
Bor.

Bu bo'yicha veb-saytimizdagi universitet nizomida ko'rishingiz mumkin.

https://docs.google.com/document/d/1RgdNv6zKgrERegE2IaFyZvafwc9dU1MVuGv5JuWs4Sg/edit
Imtihon topshirish uchun internet 1 mb/sek tezlikdan kam bo'lmasligi aytilibdi. Lekin bizda eng zo'r ishlaydigan joylarda ham bu tezlik yo'q. Unda nima bo'ladi? Hozir u tezlikdan 10 marta past ishlayapti menda.
Internet sharoiti kerakli shartlardan biri bo'lganligi sababli, ushbu shartni amalga oshirish kerak bo'ladi.
Yosh borasida cheklov bekor qilinishi mumkinmi? Masalan 22 yoshlilar ham qabul qilinishi mumkinmi?
Hozirda rejada emas.
Ingliz tilida o'qisa bo'ladimi yoki faqat yapon tilidami?
Ingliz tilida dars bo'lmaydi. Darslar o'zbek va yapon tillarida olib boriladi.
Bilamizki, ko'pgina yapon korxonalari JLPT ga qarab ishga olishadi. Universitetda o'qiganimizda JLPT sertifikati beriladimi yoki uni alohida imtihon topshirib olish kerak bo'ladimi?
Universitetda o'qish mobaynida JLPT imtihonini topshirishni yo'lga qo'yishni reja qilmoqdamiz
Mening bilishim bo'yicha oilalilarni yapon korxonalari ishga unchalik olishmaydi. Nega shunaqa?
Yaponiyada turmush qurganlik, farzandi bo'lishligi sababidan ishga joylashishda noqulaylik tug'diradigan tendensiya yo'q. Ba'zi korxonalarda shunga o'xshash shartlar bo'lishi mumkin, lekin odatda ko'p kuzatiladigan holat emas.
Yapon tilini N3 darajadan yuqori bilsa ham, 6 oy o’qish shartmi?
Ha, shunday.
Agar o'zbek tilini bilmay rus tilini bilsa-yu, lekin yapon tilini yuqori darajada bilsa JDUda o'qish imkoniyati bormi?
Kirish imtihoni ham dars ham yapon va o'zbek tillarida bo'ladi, shuning uchun o'zbek tilini bilmaganlarga qiyinchilik tug'ilishi mumkin.
Ma'lumot to'ldirish shakli
Ism:
Familiya:
E-mail:
Telefon:
Biz haqimizda qayerdan eshitdingiz?
Savolingiz:
("Yuborish" tugmasini bosish orqali siz Japan Digital University dan xat olishga rozilik bildirasiz)
Made on
Tilda