Universitetga kirish
jarayoni haqida ma'lumot
6-qabul A kvotadan o'tgan abituriyentlar uchun

Reja
Kirish imtihonlari natijasi e'lon qilingan vaqtdan darslar boshlangunga qadar
11-avgust
11-avgust
Kirish imtihonlari natijasi e'loni (onlayn)
13- va 15-avgust
13- va 15-avgust
Universitetga kirish jarayoni haqida seminar (onlayn)
Imtihondan o'tgan abituriyentlar uchun, onlayn va oflayn tarzda universitetga kirish jarayoni haqida tushuntirish beriladi. Onlayn seminar ZOOM orqali o'tkaziladi. 2 marta bir xil mazmundagi seminar o'tkaziladi. Ulardan biriga qatnashish lozim. Ushbu seminarda ota-onalar ham qatnashishlari tavsiya etiladi.

13-avgust (Shanba) 15:00 Oflayn (JDU o'quv binosida)
13-avgust (Shanba) 17:00 Onlayn
15-avgust (Dushanba) 15:00 Oflayn (JDU o'quv binosida)
15-avgust (Dushanba) 17:00 Onlayn

★ZOOM URL:
https://zoom.us/j/97727864077
23-avgust
23-avgust
JDU kotibiyatiga taqdim etiladigan hujjatlarni topshirish muddati. (Batafsil ma'lumot uchun "Universitetga kirish jarayoniga tayyorgarlik" sahifasini ko'ring)
Qabul muddati:13-avgustdan 23-avgustgacha
JDU o'quv binosi/ qabul vaqti: 10:00-16:00
Xaritani ochish
* Iltimos, belgilangan muddatgacha o'zingizga qulay vaqtda keling.
* Yakshanba va ta'til kunlari hujjat qabul qilinmaydi.
23-avgustdan 20-sentabrgacha
23-avgustdan 20-sentabrgacha
Odatdagi davrda to'lanadigan o'qish to'lovini amalga oshirish
Agar 20-sentabrga qadar o'qish to'lovi amalga oshirilmasa, imtihon natijalari bekor qilinadi.
1-oktabr


1-oktabr


Universitetga qabul marosimi
Marosim joyi: Jahon Tillari Universitetining asosiy binosining 2-qavatidagi marosimlar zali.
*100106, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik Halqa Yo'li 21A (Jahon tillari universiteti ichida)

Marosim sanasi va vaqti: 1-oktabr 15:30 da marosim zali ochiladi 16:00 da boshlanadi.

3-oktabr
3-oktabr
Dars boshlanadigan kun
JDU o'quv binosida darslar boshlanadi.
Universitetga kirish jarayoniga tayyorgarlik
O'qishga kirish bo'yicha tushuntirish seminaridan so'ng, quyida berilgan hujjatlarni tayyorlang, muddat davomida topshiring va to'lovni amalga oshiring. Muddat davomida amalga oshirilmasa, universitetga kirish bekor qilinishi mumkin.
1.JDU kotibiyatiga taqdim etiladigan hujjatlar
topshirish muddati: 23-avgust 16:00 gacha
Qabul muddati: 15-avgustdan 23-avgustgacha
JDU o'quv binosi/ qabul vaqti: 10:00-16:00
Xaritani ochish
Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi
Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi - bu JDU va talaba o'rtasida tuziladigan shartnomadir. Ushbu shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab, abiturient JDU talabasi hisoblanadi.
Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini quyidagicha topshiring.

1-1. Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini quyidagi tugma orqali yuklab, 2 asl nusxada chiqartiring.
>>Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi
1-2. Mazmunini tekshiring.
1-3. Mazmunga doir muammo bo'lmasa, kerakli ma'lumotlarni kiritib, yuklab oling.
*Uch tilda ma'lumot berilgan.
*Mazmunini tekshirib, chop eting va imzolang.
1-4. 2 asl nusxada 23-avgustgacha JDU kotibiyatiga olib keling.

② Daromadni taqsimlash va "Kovork" amaliyot dasturi to'g'risidagi kelishuv (Daromadni taqsimlash shartnomasi)

Daromadni taqsimlash va kovork bilan bog'liq kelishuv (quyida "ISA shartnomasi") - bu o'qish davrida Yaponiya bilan masofaviy tarzda ish bajarib, ishlash mahoratlarini o'zlashtiradigan amaliy fan "kovork amaliyot fani", hamda "JDU qarz tizimidan foydalanib to'lasa bo'ladigan o'qish to'lovini", keyinchalik to'lash imkoniyatini beradigan shartnoma hisoblanadi.
ISA shartnomasini quyidagicha topshiring.

2-1. ISA shartnomasini quyidagi tugma orqali yuklab, 2 asl nusxada chiqartiring.
>>ISA shartnomasi
2-2. Mazmunini tekshiring.
2-3. Mazmunga doir muammo bo'lmasa, kerakli ma'lumotlarni kiritib, yuklab oling.
*Uch tilda ma'lumot berilgan.
*Mazmunini tekshirib, chop eting va imzolang.
2-4. 2 asl nusxada 23-avgustgacha JDU kotibiyatiga olib keling.
③ Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim (maktab, kollej va litsey)ni bitirganlik guvohnomasi
*2022-yil bitiruvchilari, bitirgandan so'ng taqdim qilishlari mumkin
④ Tibbiy ma’lumotnoma («№086» shakl)
2.Odatdagi davrda to'lanadigan o'qish to'lovini amalga oshirish
To'lovini amalga oshirish muddati: 23 -avgustdan 20 -sentabrgacha

◆To'lovning umumiy miqdori: 6 300 000,00 so'm

Belgilangan muddat ichida o'qish to'lovini amalga oshiring.

◆To'lov usuli: Bank orqali amalga oshirish

Imzolangan "Haq evaziga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi" ni bankga olib borib, to'lovini amalga oshiring. Shundan so'ng, to'lov togrisidagi ma'lumotnomani JDU kotibiyatiga tag'dim qiling.
3.Qanday kompyuter kerak?
JDUda darslar kompyuter orqali olib boriladi.
Shuning uchun, ​o'qish boshlanadigan, oktyabr oyiga qadar,
quyidagi shartlarga javob beradigan kompyuter va uy sharoitida o'qish uchun internet ta`minotini tayyorlashingizni so'raymiz.

Operatsion tizim
Windows 10dan yuqorisi yoki eng so’nggi versiya
macOS 10.11dan yuqorisi yoki eng so’nggi versiya

◆Brauzer
Windows: Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Edgening so’nggi versiyalari
macOS: Google Chrome, Mozilla Firefox, Safarining so’nggi versiyalari

◆Internet tarmog’i
Kamida 1 Mbps tezlikdagi barqaror internet muhiti
Barqaror simsiz internet muhiti

◆Dasturiy ta’minot
Microsoft Office
PDFni ocha oladigan dasturiy ta’minot

◆Veb-kamera
※Qurilmangizda o’rnatilgan (tashqi emas) old kamera bo’lishi kerak
1280x960 (1,200,000 pikselli) veb-kamera bo'lishi kerak
Universitetga qabul marosimi
2022-yil 1-oktabr Universitetga qabul marosimi
Marosim joyi: Jahon Tillari Universitetining asosiy binosining 2-qavatidagi marosimlar zali.
*100106, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik Halqa Yo'li 21A (Jahon tillari universiteti ichida)

Marosim sanasi va vaqti: 1-oktabr 15:30 da marosim zali ochiladi 16:00 da boshlanadi.
Talabalik hayoti haqida
Yotoqxona bormi?
Bundan keyin o'ylab ko'ramiz, hozircha yo'lga qo'yilmagan.
Barcha ta'limni kompyuter orqali olinadimi? Masofadan ham o'qiy olamizmi?
JDU darslarida kompyuter ishlatilsada, diskussiya, prezentatsiya taqdimoti va yuzma-yuz dars kabilar ham borligi sababli, o'quv binosiga qatnash kerak bo'ladi. Shuning uchun masofadan ta'lim olishga ruxsat berilmagan.
※Koronavirus holatiga ko'ra o'zgarish ehtimoli bor.
Dars vaqti soat nechchidan nechchigacha bo'ladi? O'qib turib ishlash mumkinmi?
Odatdagi ta'lim rejasi, dushanbadan shanbagacha soat 09:00dan 18:00gacha dars bo'ladi. Darsga qatnasha olsangiz, darsdan tashqari vaqtda ishlash bo'yicha muammo bo'lmaydi.
Kiyinishda belgilangan tartib bormi?
O'g'il bolalar och rangli ko'ylak, to'q rangli shimda, qiz bolalar esa och rangli kofta va to'q rangli yubkada kelishlari kerak.
Universitetda qanday koronavirusni oldini olish choralari ko'ryabsizlar?
・Xodimlar ishga niqob bilan kelishmoqda va binoga kirayotganda antiseptik vositadan foydalanishmoqda.
・Eshik va stollarga muntazam spirtli antiseptik vosita sepib turilmoqda.
Kutubxona bormi?
JDU o'quv binosida kutubxona bor (hozirda tayyorgarlik ko'rilmoqda). Bundan tashqari Jahon tillari universiteti kutubxonasidan ham foydalanish mumkin.
JDU darslarida foydalaniladigan til qaysi?
Darslar o'zbek va yapon tilida olib boriladi. Rus tili guruhlari mavjud emas. 
Manba: JDU nizomi
JDU nizomi bilan quyidagi tugma orqali tanishib chiqing.
Made on
Tilda