YANGILIKLAR

<O'qish shart> Abiturientlarga/Oldindan hujjat topshirganlarga

2020-12-10 16:11
Bu yil koronavirus ta'siri sababli universitetga qabul o'z vaqti (2020-yil sentabr)dan kechikib ketdi. Shu sababli, dastlabki 4 oylik darslar bo'yicha, quyidagi choralarni amalga oshiramiz.

Bu yil universitetga kirishni xohlovchilar bo'yicha, faqatgina quyidagilarga rozilik beradiganlargina o'qishga hujjat topshirishlarini so'raymiz. Hujjat topshirish hududida tekshirish belgisini qo'yish kerak bo'lgan katakchalar mavjud. Ushbu katakchalarga tekshirish belgilarini qo'yib, hujjat topshirish tugmasini bossangiz, rozilik bergan hisoblanasiz.

Hujjat topshirishdan oldin: rozilik bildirilishi kerak bo'lgan masalalar


① JDUda talabalik ro'yxatida bo'lish davri sifatida, talabalar xohlayotgan mutaxassislik va ularning til darajasiga qarab, quyidagi 3 xil ta'lim kursi yo'lga qo'yilgan:
(Kurslar universitetga kirgandan keyin, baho ko'rsatkichi va til darajasiga qarab hal qilinadi. Talabalar bu haqda kotibiyat tomonidan xabar qilinadi.)

・4,5 yillik ta'lim kursi (Yapon tili ta'limi 6 oy + Yaponiyaning universitet darslari 4 yil)
・5 yillik ta'lim kursi (Yapon tili ta'limi 12 oy + Yaponiyaning universitet darslari 4 yil)
・5,5 yillik ta'lim kursi (Yapon tili ta'limi 18 oy + Yaponiyaning universitet darslari 4 yil)

JDUda o'qishga kirgandan keyinoq, talabalarda yapon tilidagi universitet darslarida qatnasha olish mumkin bo'lgan til darajasini shakllantirish maqsadida, intensiv ravishda yapon tili o'rgatiladi. Lekin, talabaning ixtisoslik sohasiga oid xohishiga va til darajasiga qarab, ushbu ta'lim 6 oy, 12 oy va 18 oylik muddatlarda amalga oshiriladi.
Universitetni bitirgunga qadar 5 yil yoki 5,5 yil muddat ketgan taqdirda ham, ta'lim to'lovining umumiy miqdori bir xil bo'lib, 4,5 yillikgacha bo'lgan ta'lim to'lovinigina amalga oshirish kerak bo'ladi.
(Lekin, darsni o'zlashtira olmay, kursdan kursga qolish holatlari bundan mustasnodir.).

② (O'qishga kirgandan so'ng) Ta'lim to'lovini har olti oyda amalga oshirish kerak bo'ladi. Bu yilda qabul muddatining kechikishi sababli yuzaga kelgan ta'lim muddatining qisqarishi asosida, dastlabki yarim yillik ta'lim to'lovdan ozod qilish ko'zda tutilmagan.
Buning o'rniga, o'zlashtirishni tezlashtirish maqsadida, o'zingiz sotib olishingizga to'g'ri keladigan kompyuter 1 yil muddatga foydalanishga beriladi.

<"Pre-application"da oldindan hujjat topshirganlar>
・ Oldindan hujjat topshirganlar avtomatik ravishda haqiqiy hujjat topshirishga o'tkaziladi.
Imtihon to'lovini o'tkazish haqidagi ko'rsatma biroz muddatdan so'ng SMS orqali xabar qilinadi.
Haqiqiy hujjat topshirishning qolgan jarayonini amalga oshiring.

・ Kirish imtihonining to'lovini o'tkazish orqali, yuqoridagi "Hujjat topshirishdan oldin: rozilik bildirilishi kerak bo'lgan masalalar"ga rozilik bildirgan hisoblanasiz.
* To'lovni o'tkazmaganlar esa, rozilik bildirmagan hisoblanadi va ularning arizasi avtomatik ravishda bekor qilinadi.

・Shuningdek oldindan hujjat topshirganlar uchun maxsus ravishda "Yapon tilini oldindan o'rganish" maqsadida tarqatilgan ID (JDU-pre0001), haqiqiy imtihon boshlangunga qadar ishlatiladigan ID hisoblanadi. Bundan keyin imtihon to'lovini o'tkazganingizdan so'ng, kirish imtihoni uchun haqiqiy ID beriladi va sizga bu haqda SMS orqali xabar qilinadi. IDlar bo'yicha adashib ketmaslikka e'tiborli bo'ling.