Monogatari Corporation Co. , Ltd. va O'zbekiston kambag'alikka qarshi kurashish va bandlik vazirligi tarkibidagi Tashqi mehnat va migratsiya agentligi, Japan Digital University, Digital Knowledge Co, Ltd o'rtasida Yaponiya oziq-ovqat va ichimlik sanoatida mehnat faoliyatini yuritmoqchi bo'lgan yapon tilida gaplasha oladigan o'zbek iqtidorlarini ish bilan ta'minlashni qo'llab quvvatlashda hamkorlik qilish to'g'risida Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum hamkorlikni imzolash marosimi O'zbekistonda bo'lib o'tdi.
Hamkorlik quyidagi yo'nalishlarda bo'lishi maqsad qilindi: 1. Yaponiya oziq-ovqat va ichimlik sanoatida mehnat faoliyatini yuritmoqchi bo'lgan o'zbek iqtidorlarini qo'llab quvvatlash 2. Yaponiya oziq-ovqat va ichimlik sanoatida mehnat faoliyatini yuritmoqchi bo'lgan o'zbek iqtidorlarini o'qtishida hamkorlik 3. Har ikki tomonda o'tkaziladigan tadbirlar, ko'rgazmalar, seminarlar, kompaniyaga tashriflar, ish qidirish bo'yicha seminarlar va boshqalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlik. 4. O‘zbek iqtidorlarining Yaponiyada ishlashini osonlashtirish maqsadida ta'lim tadbirlarini o‘tkazish
Memorandum orqali ikki tomonlama manfaatli bo'lgan natijalarga erishish maqsad qilindi.