YANGILIKLAR

"Eng yaxshi dasturchi" tanlovi

2024-11-22 16:42
DIQQAT, TANLOV!!!
"Eng yaxshi dasturchi" tanloviga taklif etamiz!
Universitetimiz dasturlash sohasida iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Eng yaxshi dasturchi" tanlovining universitet bosqichini e’lon qiladi.

Tanlovning maqsadi

Tanlovning asosiy maqsadi – talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan algoritmik va texnologik yechimlarni ishlab chiqishdir.

Tanlov tafsilotlari

  • Kuni: 29-noyabr, 2024-yil (Juma)
  • Vaqti: 11:50 – 13:00
  • Joylashuv: 302 va 304-xonalar (offline shaklda)
  • Muhim: Kechikish qatnashuvga ruxsat bermaydi.

Mukofot jamg‘armasi

Respublika bosqichida quyidagi mukofotlar beriladi:
  • 🥇 1-o‘rin: 15 000 000 so‘m
  • 🥈 2-o‘rin: 10 000 000 so‘m
  • 🥉 3-o‘rin: 8 000 000 so‘m
Bundan tashqari, maxsus nominatsiyalar:
  • Eng tezkor dasturchi: 5 000 000 so‘m
  • Eng yosh dasturchi: 5 000 000 so‘m
  • Eng omadli dasturchi: 5 000 000 so‘m
  • Eng murakkab dastur dasturchisi: 5 000 000 so‘m

Dasturlash tillari

Tanlovda C++, C#, Java, Python, Ruby, PHP, JavaScript, Typescript kabi dasturlash tillaridan foydalanish mumkin.

Ishtirok etish uchun

Natijalar

Tanlov natijalari maxsus telegram guruhi: t.me/JDU_best_programmer_contest orqali e’lon qilinadi.
Iqtidorli talabalarga yangi imkoniyatlar eshigini ochamiz!