Programming Logic Battle-dasturlashga ilk qadamlar !
2024-09-23 17:00
PLB-2024 qanday bo'ldi ?
17-20 sentabr kunlari JDUda 2023-yil qabul qilingan talabalar o'rtasida PLB-2024 musobaqasi bo'lib o'tdi. Programming Logic Battle - bu dasturlashga endilikda kirib kelayotgan yosh dasturchilarni mantiqiy bilimlarini sinash uchun o'tkaziladigan musobaqa hisoblanadi. 1- bosqichda 30 talaba ishtirok etib, 2- bosqichga ulardan 20 nafari yo'l oldi. Yarim final, final va taqdirlash marosimi 20- sentabr kuni bo'lib o'tdi. Ayniqsa yarim final va final bosqichlari juda qizg'in va murosasiz bahslar bilan yodda qoldi. Demak, g'oliblar bilan tanishamiz :
Shuningdek ishtirokchilar turli nominatsiyalar bilan ham taqdirlandilar :
-Eng tezkor dasturlash mantig'i uchun- loyihalovchi Nabiyev Inomjon -Eng sodda va tushunarli dasturlash mantig'i uchun - loyihalovchi Sadirov Shoyadbeklar taqdirlanishdi. G'oliblar sovrinlar bilan taqdirlandi. Mantiqiy bilimlaringizni charxlab turing, ular dasturlashda juda asqotadi