Qonunchilik palatasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini — 30 aprel, yakshanba kuni o‘tkazishni ma’qulladi. Tegishli qarorni 134 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari betaraf qoldi, 1 nafari esa ovoz bermadi. Avvalgi referendum bundan 21 yil avval bo‘lib o‘tgandi.
Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Konstitutsiya matni 65 foizga yangilangan, shuning uchun hujjat nomi «Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar»dan «Konstitutsiya yangi tahrirdagi»ga o‘zgartirildi. Bu o'zgarishlar asosiy maqsadimiz hisoblangan kuchli har tamonlama intelektual fuqorolik jamiyatini tuzishimiz uchun poydevor bo'ladi. Japan Digital University jamoasi ushbu muhim kunda befarq bo'lmagan holatda, Sizni jarayonga faol qatnashishga, o'z kuch va ta'siringizni ko'rsatishga chaqiramiz!