Ayni paytda Yaponiya sayohatida bo'lib turgan Japan Digital University talabalari Yaponiyadagi Digital Knowledge, Out-Sourcing technology, Toppan Digital kompaniyalariga sayohat doirasida tashrif buyurishdi. Talabalarda yapon kompaniyasi haqida tasavvur uyg'onishida ushbu tashrif ahamiyatli bo'ldi.
Digital Knowledge- Yaponiyada ta'limni raqamlashtirish bilan shug'ullanuvchi kompaniya hisoblanib, bosh offisi Tokioda joylashgan. Shuningdek, ushbu kompaniya Japan Digital University ta'sischisi ham hisoblanadi.
Out-Sourcing technology- Yaponiyada IT sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya hisoblanib, 10 000 dan ortiq ishchiga ega. O'tgan yil aynan shu kompaniya va JDU o'rtasida talabalarni ishga joylashtirish bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
TOPPAN Digital kompaniyasi - ushbu kompaniya TOPPAN Group tarkibida bo'lib, "TOPPAN Group" mahsulot va xizmatlari integratsiyasini raqamlashtirish maqsadida tashkil etilgan hisoblanadi. Ushbu firma vakillari joriy yilda JDUga tashrif buyurib talabalar bilan JDU bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta'kidlashgan edi.