Hujjat topshirgandan so'ng, ro'yxatdan o'tkazilgan telefon raqamiga SMS orqali imtihon to'lovini amalga oshirish haqida ko'rsatma yuboriladi. SMS "JDU" raqamidan yuboriladi. Ushbu raqamdan keladigan xabarlarni tekshiring. SMS kelgandan so'ng 24 soat davomida imtihon to'lovini amalga oshirish tavsiya etiladi!