Ish topishdagi davomiy yordam
Malaka oshirishdagi davomiy yordam
9-semester tugayotgan vaqtda ham ishga kira olmaganlarga, shu vaqtdan boshlab yana 2 yil davomida ishga kirishda yordam ko'rsatiladi.
Ishga kirgandan keyin ham davomli ravishda malaka oshirish, ish o'zgartirish hamda O'zbekistonda qaytib ish topish masalalarida ko'maklashiladi.
Ehtiyojga qarab jonli suhbat uchun Yaponiyaga tashrif amalga oshirilishi mumkin. Bunda aviachipta xarajatlari talabalar tomonidan to'lanishi kerak bo'ladi.
4-semesterdan boshlab kovorkingning bir turi sifatida Yaponiya kompaniyasining ehtiyojlariga qarab, masofadan turib amaliyot o'tash imkoniyati mavjud bo'ladi. Bu holatda Yapon kompaniyasida amalda ishlash orqali kelajakdagi ish joyini tekshirib olish mumkin bo'ladi.
Ish topishda ko'maklashish
8-semesterdan boshlab, JDUning ish topishga ko'maklashish markazi tomonidan to'liq formatdagi yordam amalga oshiriladi. Masofadan turib kompaniya tanishtiruv seminarini o'tkazish, portfolio orqali talabani tanlab olish yoki kompaniya bilan bog'lab qo'yish, onlayn suhbat kabilar amalga oshiriladi.
JDU portfolio sayti deb nomlanuvchi saytga birinchi semestrdan boshlab har kunlik o'rganish natijalari kiritib boriladi. Bu natijalar Yapon kompaniyalarining xodim yollash bo'yicha mas'ullari tomonidan ko'rilishi mumkin bo'ladi.