YAPONIYA — yalpi ichki mahsuloti bo'yicha dunyoda 4-o'rinda turadigan, biroq ishchi kuchi tanqisligi bo'yicha yuqori o'rinda turadigan rivojlangan davlatdir.
Samarali amaliyot tizimi
Yapon kompaniyalarida mehnat faoliyati mobaynida til bilish juda muhim ro'l o'ynaydi
Kafolatlangan bandlik tizimi
JDU barcha bitiruvchilarini Yaponiyada ishga joylashishi uchun barcha jarayonlarida ko'mak beradi.
Bandlik bo'yicha ko'nikmalar
O'zbekistonda turib yapon kompaniyalarida ishlash orqali tajriba olish juda muhim !
Yuqori tajribaga ega Yapon o'qituvchular
JDUning hamkor universitetlari talabalarga Yaponiyaning o'z sohasida taniqli va yetuk professor-o'qituvchilaridan dars olish imkonini beradi.
O'qish davrida amaliyot orqali daromad olish mumkin bo'lgan universitet
Yapon kompaniyasi tomonidan talab qilingan ishni bajarib, siz haqiqiy ish joyida ishlatiladigan yapon tili bilimingizni oshirishingiz mumkin.
Loyiha jamoasi a'zolari bilan ishlash orqali siz jamoaviy ish, yetakchilik va loyiha boshqaruvi haqida bilib olasiz.
Birgalikda ishlash natijalarini portfoliongizga kiritish sizga ishga joylashishda ustunlik beradi.
Loyihalarni yakunlaganingiz uchun olgan daromadingizning bir qismi o'quv to'lovingizni qaytarish uchun ishlatilishi mumkin.
Yaponlar bilan ishlash orqali siz ishbilarmonlik odob-axloqini va ish olib borish etikasini o'rganishingiz mumkin.
Siz IT-ga asoslangan amaliy ko'nikmalaringizni oshirishingiz mumkin
4-semestrgacha quyidagi shartlarni bajargan bo'lishi lozim:
・Yapon tilidan N3 daraja
・Hamkor universitetlarning birida talaba bo`la olish
・Darslarga qatnashish ko`rsatkichi 80%dan yuqori bo`lish
Bandlikni qo'llab-quvvatlovchi kompaniyalar
1."Out-sourcing technology" kompaniyasi
2.Digital Knowledge co.ltd
Global miqyosdagi IT mutaxassis bo'lish imkoniyati
Xalqaro darajada ish yurituvchi yapon kompaniyalarida ishlash imkoniyatini qo'lga kiriting.
Yaponiyadagi nufuzli hamkor universitetlarimiz bilan tanishing
Tokyo Online University
Tokyo Online universiteti hozirgi davr jamiyatida talab etiladigan amaliy va nazariy bilimlarga ega kadrlarni tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilgan va axborot texnologiyalari hamda menejment sohasini birga o'qitish orqali yuqori ko'nikmalarga ega IT bo'yicha kadrlarni tayyorlamoqda.
«uning uchun, axborot texnologiyalari hamda menejment sohasini qamrab olgan keng ko'lamli axborot ta'limini berib kelmoqda.i.
Otemae University
Otemae Universiteti liberal arts ta'limiga ahamiyat qaratgan ta'lim tizimini olib boradi. Liberal Arts ta'limi – turli xil sohalar bo'yicha bilim olib, o'zini namoyon qilishga qaratilgan ta'lim tizimidir. Bunda xususan, ta'lim olish, muammoni anglashni rivojlantirish va muloqot qobiliyatini oshirish talab qilinadi.
Sanno University
Universitetning maqsadi - iqtidorli kadrlarni yetishtirish, ishlab chiqarish sohasi hamda jamiyatga ham o'z hissasini qo'sha oladigan yetuk kadrlarni tayyorlashdir. Biznes boshqaruvi, tijorat, iqtisod, sotsiologiya va psixologiya kabi sohalarda ilg'or ta'limni berib kelmoqda.
Kyoto Tachibana University
Universitet psixologiya bo'yicha keng qamrovli bilimlarni va yuqori mutaxassislik ko'nikmalarini o'rgatib, insonlar psixologiyasi va harakati nuqtayi nazaridan, shaxs va oila, korxona kabi turli holatlarda tug'iladigan muammolarni hal qilish va ularning rivoji uchun o'z hissasini qo'sha oladigan kadrlarni tayyorlaydi.
Niigata Sangyo University
Ushbu univeristetda Texnologiya fakulteti, axborotga oid fanlar fakulteti, Menejment axborot fakulteti, Farovonlik va tibbiyot fakulteti o'z faoliyatini yuritib kelmoqda. Qolaversa, oliygohda har bir ixtisoslashgan sohada ilg'or bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish imkoniyati mavjud.
(JDU) Ustozlarimiz bilan tanishing
Mamajonov Ravshanbek
Rektor
Umarova Munojot
Ta'limni loyihalashtirish bo'yicha prorektor
Vatanabe Yoko
O'quv ishlari bo'yicha prorektor
Hikmatullayev Jasurbek
Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor
Iltimos, arizani to'ldirish orqali so'rov yuboring yoki biz bilan ko'rsatilgan telefon raqami orqali bog'laning. Biz sizning so'rovlaringizga javob berishdan va kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnun bo'lamiz.