Ishga joylashish jarayoni
Ishga joylash majburiyatining shartlari:
JDU talabalarining Yaponiyada ish topishdek yuksak maqsadini amalga oshirish uchun avvalombor o'qishni, ya'ni semestrdan semestrdan o'tib, JDUni tamomlashning o'zi birlamchi va asosiy sinovdir. 4 yil va 6 oylik belgilangan o'qish davrida talabalar ko'nikmalarni o'rganish uchun ulardan vaqt, diqqat, intizom va xarakat talab etiladi.
Belgilangan muddatda o'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talablarga JDU quyidagi 4ta majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi:
JDUning majburiyatlari
1: Barcha bitiruvchi talabalarning 100% uchun,
⇒ Tegishli yapon kompaniyalarga tanishtirish va ishga olish uchun suhbat imkoniyati (7, 8 va 9-semestrlardan boshlab)
⇒Yaponiya kompaniyalariga tavsiyanomalar berish.
2: 4-semestrdan boshlab talabalar uchun,
⇒ "Coworking" darsturidagi amaliyotda natijaga erishayotgan talabalarda portfolio shakllantirish va bu orqali ularni ishga joylashishda tajriba shakllantirish.
3: 4-semestrdagi talabalardan boshlab ishga joylashish uchun "ishni amaliy baholash bo'yicha suhbat testi"da eng yaxshi ko'rsatkich olgan talabalarni,
⇒ JDU Yaponiya kompaniyalarida 1 oydan 3 oygacha bo'lgan muddatga stajirovkaga borish, (barcha yo'l va yashash xarajatlari JDU tomonidan to'lanadi.)
4: JDU ning Yaponiyadagi Digital Knowledge bosh kompaniyasiga har yili kamida beshta JDU bitiruvchisini kompaniyaning rasmiy ishchisi sifatida yollash.
Ish bilan ta'minlash bo'yicha qo'llanmada sanab o'tilgan 4ta majburiyatga qo'shimcha ravishda 5-majburiyat sifatida,
- Yaponiyaning ish kafolati tizimi
JDU bakalavr darajasini tamomlagan va Yaponiyada ishga joylashish uchun ariza topshirgan, ammo ikki yillik bepul ishga topishga ko'mak xizmatidan so'ng ham Yaponiyada ish topa olmagan talabalardan qolgan oʻquv toʻlovi butunlay voz kechadi.