2025/2026
Shoshiling! Joylar soni cheklangan!
2025/2026-o'quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi!
JDU
Japan Digital University
  • Japan Digital University (Yaponiya raqamli universiteti) - O'zbekiston hamda Yaponiya davlati o'rtasida ta'lim sohasidagi o'zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda keyingi bosqichga olib chiqish uchun asos solingan ta'lim dargohi. Bu yerda o'quvchilar yapon tilini tajribali yapon va o'zbek o'qituvchilaridan o'rganishadi shuningdek hozirda rivojlanib borayotgan IT sohasining zaruriy bilim, ko'nikmalarini egallashadi.

  • Ushbu universitetni muvaffaqiyatli bitirgan talabalar Yaponiyaning turli IT kompaniyalarida ishga joylashish uchun tavsiya beriladi hamda amaliy yordam beriladi.
  • O'quvchilarimiz Yaponiya kompaniyalarida ishlab, Yaponiya tajribalarini o'rganib yurtimiz rivoji uchun o'z hissalarini qo'shadigan mutaxassis bo'lib yetishishadi
O'zbekiston kelajagi bo'lgan aziz talaba!

O'zbekiston hamda Yaponiya hukumat vakillarining sa'y-harakati mevasi o'laroq tashkil topgan yurtimizdagi ilk raqamli universitetga xush kelibsiz!
Ushbu universitetning talabasi bo'ldingiz degani, siz global miqyosdagi mutaxassis bo'lib yetishish uchun birinchi qadamni qo'ydingiz demakdir. Ma'lumki,Yaponiya raqamli texnologiyalar sohasida dunyodagi peshqadam davlatlardan biri hisoblanadi.So'nggi yillarda dunyoning ayrim davlatlarida kuzatilganidek,Yaponiyada ham aholining kamayishi muammosi dolzarb mavzuga aylanib qoldi. Chunki ishchi kuchining yetishmasligi mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Boshqa rivojlangan mamlakatlar singari Yaponiyada ham IT muhandislariga bo'lgan talab juda ham yuqori.
Shuning uchun JDU ning har bir bitiruvchisi kelgusida nafaqat yetuk mutaxassis bo'lishi,balki universitetni muvaffaqiyatli bitirgandan so'ng Yaponiyaning nufuzli korxonalarida ishlashi uchun amaliy yordam beriladi. Bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, biz universitetda nafaqat nazariy bilim berish , balki yapon kompaniyalarining amaliy faoliyatlarida qatnashgan holda ta'lim olish imkoniyatlarini ham yo'lga qo'ydik
Men shaxsan o'zim 10 yildan oshiq Yaponiyada yashadim. Hammangizga ma'lumki, Yaponiya ajoyib va o'ziga xos madaniyatli mamlakat hisoblanadi. U yerda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun sizdan maxsus malaka va ko'nikmalar talab qilinadi. Men o'zimning tajribamdan foydalangan holda, har biringizga o'z maqsadlaringizga erishishda yordam berishga tayyorman va ishonamanki, biz birgalikda ajoyib natijalarga erishamiz.
Ravshanbek Mamajonov
Japan Digital University rektori
Imkoniyatlar va Afzalliklar
JDU sizga quyidagilarni taqdim etadi
Coworking - daromadli amaliyot
Barcha o'quvchilar ushbu amaliyotda qatnashish huquqiga ega. Bu imkoniyat o'quvchiga ikkinchi kursning ikkinchi yarmidan boshlab masofaviy ravishda Yaponiya kompaniyalari tomonidan beriladigan amaliy vazifa
To'liq ma'lumot
"Double Degree" dasturi asosida 3ta diplomni qo'lga kiritish
Double Degree - Ikki tomonlama diplom beriladi ya'ni universitetni muvaffaqiyatli bitirgan bitiruvchilarimiz O'zbekistonda tan olinadigan JDU diplomi hamda O`zDJTU universitet diplomi shuningdek, Yaponiya hamkor universitet diplomini qo'lga kiritishadi.
Yapon kompaniyalarida ishlash uchun zaruriy bo'lgan IT bilimlariga ega bo'lish
Universitet ta'lim dasturi asosi Yaponiya ichki bozori ya'ni kadrlar uchun qo'yilgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqib tuzilgan
IT darslari bilan tanishish
Yaponiya ta'limi
Yaponiya ta'lim tizimi asosida ishlab chiqilgan dasturiy tizim ya'ni talabalar universitet bilan hamkorlik olib boradigan 5ta Yaponiya universitetlarida masofaviy ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Hamkor universitetlar haqida
Yaponiyada ish bilan ta'minlash
Universitet barcha bitiruvchilarini Yaponiyada ishga joylashish jarayonlarida ikki yil davomida
amaliy ko'mak beradi.
To'liq ma'lumot
Sifatli Yapon tili darslari
Universitetda yapon tili chuqurlashtirilgan
tarzda soha mutaxassislari tomonidan o‘tiladi
To'liq ma'lumot
Yangiliklar
Blog
Universitetning tashkil topish tarixi
2019-yilning oxirlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylari Yaponiyaga tashrif buyurganida, loyiha sifatida shakllandi.
Shundan so'ng, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4553 sonli qarorida universitetni tashkil qilish masalasi belgilandi.
Bosh vazir o'rinbosari janob Sardor Umrzoqov tomonidan universitetga nom tanlab berildi.
Ochilish marosimida Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi janob Fujiyama, JETROning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Takahashi hamda O'z.R. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari qatnashishdi va tabrik so'z yo'llashdi.
Universitet O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi "Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini tashkil etish to'g'risida"gi 762-sonli qarori asosida tashkil etildi.
6-dekabr 2021 yil-O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziya (№0044) taqdim etildi.
Bizni tavsiya qilishadi
+
Hatori Takashi janoblari
Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi
Men Hatori Takashi , Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisiman. JDU talabalari yapon tili notiqlik san'ati tanlovi, IT bo'yicha tadbirlar hamda Model United Nations kabilarda o'zlarini namoyon qilib kelishmoqda.

Men shaxsan o'zim bu yil mart oyida o'tkazilgan O'zbekistondagi Yapon tili notiqlik san'ati tanlovida, JDU talabalarining yapon tilidagi ravon nutqlarini eshitdim va meni lol qoldirdi. Talabalarga tillar orasida murakkab deb sanaladigan yapon tili va mutaxassislik bo'yicha IT ko'nikmalarini egallash oson emas deb o'ylayman, qolaversa yarim yil ichida yapon tili N3 darajasini olishni maqsad qilish uchun anchagina harakat va mashaqqat qilish kerak deb hisoblayman. Barcha g'ayrat bilan ta'lim olayotgan talabalarga cheksiz hurmatdaman.
Kelgusida ham JDU dagi darslarni chuqur o'rganib, darslardan tashqari ham turli xil tadbirlarda faol ishtiork etib,universitetni tamomlagach, Yaponiyada ishga joylashib, kelajakda Yaponiyada orttirib kelgan tajribalari orqali O'zbeksiton rivojiga hissa qo'sha olishlarini tilab qolaman.

Qanchalk yapon tilini qanchalik zo'r bilangiz ham, birinchi marta Yaponiyada yashaydigan talabalarda har xil qiyinchiliklar bo'ladi.Chunki yaponlar uyatchan bo'lganliklari sababli, chet elliklar bilan birga yashab ketishga hali ko'nikishmagan.Lekin, sizdek odobli va jiddiy o'zbek talabalarini yaponiyalilar albatta o'z qarindoshidek his qilib qabul qilishlariga ishonchim komil.
Yaponiyaga borganingizda, ishlaringiz ko'ngildagidek bo'lmasa, tushkunlikka tushmang va yapon xalqi bilan suhbat qiling.

Yaponiya elchisi sifatida JDU Yaponiya-O'zbekiston munosabatlarini mustahkamlashga hissa qo'shadigan salohiyatli kadrlarni tayyorlab O'zbekistonda IT-ta'limni rivojlantirishga asos solish orqali Yaponiya-O'zbekiston munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo'shadi, deb umid qilaman.
+
Alisher Abidjanov
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori
O'zbekistonda Yaponiya Raqamli Universitetining tashkil etilishi munosabati bilan kirish so'zini yozish men uchun mamnuniyat va sharafdir. Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun oliy ma'lumotning ahamiyati haqida gap ketganda, biz turli tillarda gaplashsakda, maqsadlarimiz yagonadir. Barchamiz aynan bir sayyorada yashayotganimiz sababli dunyodan yakkalanib qolish uchun hech qanday yo'l yo'q. Haqiqatdan ham biz keng qamrovli xalqaro hamkorlik va insonlarning boshqa madaniyatlar, mamlakatlar va fikrlash tarziga ochiq bo'lishini istasak hamda dunyo xalqalari bilan aloqalarimizni mustahkamlashni xohlasak, ta'lim eng yaxshi vosita bo'ladi degan fikrdaman.

Yuqorida aytib o'tilgan g'oyalarga misol sifatida Yaponiya Raqamli Universitetini keltirish mumkin. Uni tashkil etish to'g'risidagi kelishuv O'zbekiston Prezidentining 2019-yilda Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida amalga oshirildi. Mazkur ta'lim muassasasi mamlakatimiz yoshlariga jahon standartlariga mos darajada ta'lim olish, malakali mutaxassislar tayyorlash va soha bo'yicha yetuk kadrlarni yetishtirish, shuningdek global ta'limni rivojlantirishga o'z hissasini qo'shadi.

O'zbekistonda Yaponiya Raqamli Universitetining ochilishi munosabati bilan biz yosh avlodning buyuk kelajagiga olib boradigan yo'lni kutmoqdamiz va ko'rmoqdamiz.
+
Taiki Kimura
Yaponiya Ta'lim Fondi
Tokio aloqa universiteti ijrochi direktori
Yaponiya raqamli universiteti (JDU)ning tashkil etilgani bilan tabriklayman.

Tokio onlayn universiteti 2018-yilda internet orqali o'qiladigan mutlaqo yangi masofaviy universitet sifatida ochildi. Har Har safar 15 daqiqalik video-ma'ruzalar bo'lganligi sababli, o'qimoqchi bo'lgan talabalar, vaqt va joy haqida umuman qayg'urmasdan, o'zlari xohlagandek o'rganishlari mumkin bo'ladi. So'nggi yillarda chet elda yashaydigan talabalar soni ko'payib bormoqda va biz o'qishga bo'lgan ehtiyojlar butun dunyo bo'ylab umumiy ekanligini his qilmoqdamiz.

Bizning universitetimizda ikkita fakultet mavjud. Biri Axborot menejmenti fakulteti bo'lib, unda axborot texnologiyalari va menejment bo'yicha amaliy ko'nikmalarni egallab, axborot jamiyatining har bir sahnasida faol rol o'ynay oladigan mutaxassis bo'lib yetishish maqsad qilinadi. Ikkinchisi esa Inson farovonligi fakulteti bo'lib, unda tobora murakkablashib borayotgan tibbiyot va farovonlik sohalarida shaxs va jamiyatga oid muammolarga yechim beradigan keng qamrovdagi bilim va ko'nikmalar qo'lga kiritiladi. Shu bilan birgalikda, axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda ijtimoiy muammolarni kashf etib, ularning yechimini topish uchun faol kirisha oladigan mutaxassislar yetishtirilmoqda.

Men bu safargi JDU loyihasiga nisbatan ishonch bilan qarayman va uning O'zbekiston hamda Yapnoniya oliy ta'limlari o'rtasidagi ko'priq vazifasini o'tashini chin dildan tilab qolaman.
Manzil

Aloqa ma'lumotlarimiz

Iltimos, arizani to'ldirish orqali so'rov yuboring yoki biz bilan ko'rsatilgan telefon raqami orqali bog'laning. Biz sizning so'rovlaringizga javob berishdan va kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnun bo'lamiz.
O'zbekistan, Toshkent, Alixon To'ra Sog'uniy ko'chasi, 49-uy
© JAPAN DIGITAL UNIVERSITY. Barcha huquqlar himoyalangan.
Fikr-mulohaza shakli
Ushbu shaklni yuborish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.