Men Hatori Takashi , Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisiman. JDU talabalari yapon tili notiqlik san'ati tanlovi, IT bo'yicha tadbirlar hamda Model United Nations kabilarda o'zlarini namoyon qilib kelishmoqda.
Men shaxsan o'zim bu yil mart oyida o'tkazilgan O'zbekistondagi Yapon tili notiqlik san'ati tanlovida, JDU talabalarining yapon tilidagi ravon nutqlarini eshitdim va meni lol qoldirdi. Talabalarga tillar orasida murakkab deb sanaladigan yapon tili va mutaxassislik bo'yicha IT ko'nikmalarini egallash oson emas deb o'ylayman, qolaversa yarim yil ichida yapon tili N3 darajasini olishni maqsad qilish uchun anchagina harakat va mashaqqat qilish kerak deb hisoblayman. Barcha g'ayrat bilan ta'lim olayotgan talabalarga cheksiz hurmatdaman.
Kelgusida ham JDU dagi darslarni chuqur o'rganib, darslardan tashqari ham turli xil tadbirlarda faol ishtiork etib,universitetni tamomlagach, Yaponiyada ishga joylashib, kelajakda Yaponiyada orttirib kelgan tajribalari orqali O'zbeksiton rivojiga hissa qo'sha olishlarini tilab qolaman.
Qanchalk yapon tilini qanchalik zo'r bilangiz ham, birinchi marta Yaponiyada yashaydigan talabalarda har xil qiyinchiliklar bo'ladi.Chunki yaponlar uyatchan bo'lganliklari sababli, chet elliklar bilan birga yashab ketishga hali ko'nikishmagan.Lekin, sizdek odobli va jiddiy o'zbek talabalarini yaponiyalilar albatta o'z qarindoshidek his qilib qabul qilishlariga ishonchim komil.
Yaponiyaga borganingizda, ishlaringiz ko'ngildagidek bo'lmasa, tushkunlikka tushmang va yapon xalqi bilan suhbat qiling.
Yaponiya elchisi sifatida JDU Yaponiya-O'zbekiston munosabatlarini mustahkamlashga hissa qo'shadigan salohiyatli kadrlarni tayyorlab O'zbekistonda IT-ta'limni rivojlantirishga asos solish orqali Yaponiya-O'zbekiston munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo'shadi, deb umid qilaman.