Biz haqimizda
Japan Digital University
JDU - yapon tili hamda IT muhandislik mahoratini mukammal o'rganib, Yaponiya universiteti va O'zbekiston davlat jahon tillari universitetini bitirganlik ma'lumotini qo'lga kiritish imkoniyatini beradi. Shuningdek, universitetni tamomlayotgan davrda talabani Yaponiyaning nufuzli kompaniyalari bilan ish faoliyatini tanishtirishgacha bo'lgan mas'uliyatini oluvchi ikki davlatdagi rasmiy universitet hisoblanadi. Universitetni tamomlab, Yaponiyada IT muhandis sifatida yuqori daromadli ishda faoliyat yuritib, u yerda erishilgan nou-xau hamda ushbu tajriba davomida orttirilgan ijtimoiy aloqalarni yo'lga qo'yib, O'zbekistonga qaytib faoliyat yuritadigan, muvaffaqiyatga erishiladigan hayotni bosib o'ta oladigan rejani taklif qilamiz.

Asosiy ko’zda tutilgan maqsadlar

Bu Toshkentda tashkil qilingan JDU kampusi Poytaxtimiz shahar markazida joylashgan har tamonlama qulayliklarga ega, zamonaviy o'quv binosidan turib, Yaponiya universitetida ta'lim olish imkoniyati yaratilgan universitetdir.

JDU kampusi Yaponiya bilan onlayn bog'langan bo'lib, Yaponiyadagi universitetning darslariga qatnashish mumkin. Bundan tashqari, JDU kampusida fasilitator rahbarligida o'tkaziladigan talabalar o'rtasidagi muhokamalar va taqdimotlarga asoslangan "output" o'rganish asosida, amaliy ko'nikmalar shakllantiriladi.
Bundan tashqari, yapon tili ta'limi, IT muhandisligi sertifikatlari va Yaponiyada ishlashga oid bilimlar kabi Yaponiyada ishlashda qo'l keladigan yuqori darajadagi mutaxassislik salohiyatlari o'zlashtiradi.

Shuningdek, o'qishni tamomlashdan oldin JDU vositachiligi yordamida Yaponiyaning nufuzli kompaniyalaridan biriga ishga kirish hal qilinadi va o'qish tamomlangach Yaponiyaga borib, IT muhandisi sifatida yuqori maoshli zamonaviy ish joylarida ishlash mumkin bo'ladi.
Japan Digital University tuzilmasi
  • 1
  • Mamajonov Ravshanbek
    Rektor
  • 2
  • Umarova Munojot
    Prorektor
  • Vatanabe Yoko
    Prorektor
  • Ansarov Islombek
    Marketing bo'limi
  • Temirova Muslima
    Yapon tili darslari boʻyicha mas'ul shaxs
  • Boboyev Lochinbek
    IT bo'limi rahbari
  • JDUning hamkor universitetlari talabalarga Yaponiyaning o'z sohasida taniqli va yetuk professor-o'qituvchilar tomonidan dars olish imkonini beradi.
Yetishtiriladigan mutaxassislar: IT sohasidagi global va yuqori malakali kadrlar
Yaponiyaning yetakchi kompaniyalariga ishga kirib, yon-atrofdagi yaponlarning ishonchiga kira oladigan va IT sohasi mutaxassisi sifatida muhim rol o'ynay oladigan kadrlar quyidagi malakalarga ega bo'lishi kerak:
  • Berilgan topshiriqni to'g'ri tushunib, mustaqil qarash asosida ishlay olish qobiliyati;
  • O'zaro fikrlarni eshitib, samimiy javob berish hamda hurmat qila olish qobiliyati;
  • Vaqtga to'g'ri bo'lishlik, belgilangan muddat va kelishuv vaqtiga qat'iy rioya qiladigan punktuallik;
  • O'rta va uzoq muddatli rejalarni o'zi tuzgan holda, maqsadga qarab mustaqil intilish qobiliyati.
JDUning ahamiyatli jihatlari

1
Yaponiyada IT muhandis sifatida faoliyat yurita olish mumkin bo'lgan o'quv dastur
Yaponiyaning yetakchi kompaniyalarida faol rol o'ynay oladigan yuqori malakali kadrlarni yetishtirish maqsadida, universitet diplomiga qo'shimcha ravishda, Yaponiyada ishlashga oid bilimlar, IT muhandisligi ko'nikmalari hamda biznesga oid amaliy ish ko'nikmalari o'rgatiladi.
Ushbu ta'lim dargohi o'zining alohida ta'lim maqsadiga ega bo'lib, bu maqsadni amalga oshirish uchun kerakli bo'lgan o'quv programmasini bir nechta ta'lim dargohlarining o'quv dasturini birlashtirgan holda taqdim qiluvchi “meta ta'lim dargohi" shaklidagi xususiy OTMdir. Bu o'quv programmasi ichida Yaponiya ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi tomonidan tan olingan 4 yillik universitet darajasi (bakalavr)dan tashqari, muhandislik bo'yicha xususiy sektor sertifikatlari hamda Yaponiyada ishlashga oid bilimlar bo'yicha ta'lim olish, shuningdek, Yaponiyadan ish topish jarayoni ham qamrab olingan.

2
Ilg'or ta'lim olish usullari
Biznesmenga xos amaliy ko'nikmalarni shakllantirish uchun faqatgina bilim o'rganish bilan cheklanib qolmasdan, balki ko'nikmalarni rivojlantirish va ulardan amalda foydalanishga qaratilgan mashg'ulotlarga urg'u beriladi. Bilim olishni har bir shaxsning tushunish darajasiga moslab elektron ta'lim yordamida amalga oshirish, shuningdek, o'rganilgan bilimlardan kampusda amaliy foydalanish kabilar orqali aktiv o'rganish joyi taqdim qilinadi.