"Co-working" amaliy mashg'ulotlari

O'zbekistonda turib Yaponiya kompaniyalarida ishlash orqali tajriba orttirish va daromad topish.
Global miqyosda faoliyat yuritadigan yetuk mutaxassislar yildan-yilga ko'payib bormoqda.
Universitetni bitirgandan so'ng, rivojlangan davlatlarning IT sohalarining oliy toifadagi eng nufuzli kompaniyalariga ishga kirib, faoliyat yurita olish ko'pchilikning orzusi desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Chet elga chiqish qiyin bo'lmay qoldi, IT yo'nalishida esa bir xil bilim va ko'nikmalar jahon bo'ylab talab etiladi, shu sababli bundan keyingi davr O'zbekistonning yetuk yoshlari dunyo bo'ylab faoliyat olib boradi deb o'ylaymiz.
・Faoliyat olib borish - til bilish bilangina kifoyalanmaydi.
IT bo'yicha bilimlaringiz kuchli bo'lishiga qaramasdan, siz ishlayotgan chet el mamlakat tilida gaplasha olsangiz ham, o'sha mamlakatning kompaniyasida eng zo'r mutaxassis sifatida faoliyat yurita olmaysiz. Ushbu mamlakatining kompaniyasidagi chet ellik hamkasblar va rahbarlar bilan birga guruhda faoliyat yuritish, har bir xodim ishdagi maqsadlari bilan bo'lishish, bir-biriga ko'maklashish, maqsadga erishib katta muvaffaqiyatga erishish uchun o'sha davlatning:
・ishni olib borish usuli;
・ qadriyatlari;
・muloqot usuli hisoblangan "ishlash ko'nikmalari" ni egallashi kerak bo'ladi.
Ushbu ishlash ko'nikmalarga ega bo'lganingizdan keyingina, o'sha mamlakatda oliy toifadagi xodim sifatida faoliyat yurita olasiz.
・JDU da ishlash ko'nikmalarini egallay olasiz.
JDUning maqsadi - o'qish davrida Yaponiyaning hamkor universitet darslariga qatnashib, universitetni tamomlagandan so'ng Yaponiya kompaniyalariga ishga joylashib, hamda Yaponiyada faoliyat olib borib Yaponiyada olgan tajriba va ko'nikmalarni egallab, mablag' yig'ib, O'zbekiston rivojiga hissa qo'shadigan kadrni yetishtirish hisoblanadi.
Shu boisdan JDU ning barcha talabalari Yaponiyada faoliyat olib keta oladigan bo'lishi uchun IT texnologiyalari va yapon tilidan tashqari "Yaponiyada ishga joylashish uchun kerak bo'ladigan ko'nikmalari" ni ham o'rganadilar.
"Yaponiyada ishga joylashish ko'nikmalari" fanida Yaponiyada ishlash uslubi, muloqot qilish usullari kabilar o'rgatiladi. Shuningdek, biz Yaponiyada faol bo'lgan odamlarni o'z tajribalari bilan bo'lishish, ularga mos keladigan yapon kompaniyasini tanlash bo'yicha ko'rsatmalar berish va haqiqiy kompaniyalarda ish qidirishni rag'batlantirish uchun seminarlarda qatnashishni taklif qilamiz, o'zingizga to'g'ri keladigan Yaponiya kompaniyalarini tanlay olishni o'rgatish, mavjud kompaniyalarda ishlash imkoniyati ham mavjud.
Bundan tashqari, JDU ning yana bir o'ziga hos xususiyatlaridan biri shundaki, "haqiqatda ishlab ko'rish" deb nomlanuvchi "coworking" amaliy mashg'ulot fani ham mavjud.

Ta'lim davrida haqiqatda ishlash imkoniyati ya'ni cowork amaliy mashg'uloti
JDUda 2-kursdan boshlab cowork amaliy mashg'ulot fani boshlanadi. Ushbu fanda Yaponiyan kompaniyalari tomonidan buyurtma qilingan ishlarni talabalar bajarib, O'zbekistonda turib Yapon biznesmenlari bilan muloqot qilgan holatda ishlarni olib borib, talabalar tajribalarga ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Albatta, boshida talabalarning IT ko'nikmalari yetarlicha bo'lmagan davrda asosiy ishlarni sinov tariqasida bajarib, IT bilimlariga ega bo'lganda yuqori darajali ishlarni bajaradi.
Hozirda JDU talabalari Yaponiya kompaniyalari haqida tanishtiruv WEB saytini yaratdilar va ushbu sayt Yaponiyada foydalanilyapti. Shuningdek, Yaponiyaning ta'minot ishlab chiqarish kompaniyasining masofaviy hodimlaridan biri bo'lib, boshqa yapon hodimlari bilan birgalikda ta'minot ishlab chiqarib, yapon kompaniylarida yaxshi natija ko'rsatayotgan talabalar ham bor.
Shuningdek, cowork amaliy mashg'uloti fan sifatida o'tkazilsa ham talabalar daromad topa oladilar. Daromadning bir qismi o'quv to'lovlari va ma'muriy xarajatlardan chegirib tashlangandan so'ng, to'g'ridan-to'g'ri talabaga to'lanadi. JDUning kuchli taraflaridan biri shundaki, siz Yaponiyada ishlash ko'nikmalariga ega bo'lib, o'qish mobaynida daromad topishingiz mumkin.


Yaponiyada ishga joylashish bo'yicha ko'rsatmalar
Quyidagi "Yaponiyada ishga joylashish bo'yicha ko'rsatmalar"da Yaponiyada ishga joylashtirishni maqsad qilgan JDU faoliyati tanishtirilgan. Albatta tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Shunday qilib, JDU Yaponiyada ishlay oladigan kadrlarni yetishtirish bilangina kifoyalanmay, haqiqatda Yaponiyadan ish bilan ta'minlab, o'qish mobaynida ham ishlab tajribalar ortirishga qaratilgan ta'lim uslubidan foydalanadigan oliygohdir.
Shunday ekan, hozirni o'zida JDU talabasi bo'lishni maqsad qilib, bilimlarni chuqur egallab, Yaponiyada ishga joylashish ko'nikmalari hamda, IT darslarini yaxshilab o'rganib, Yaponiyaning nufuzli kompaniyalariga ishga joylashib, tajriba va daromadlar to'plab muvaffaqiyatli hayot kechiring.

Aloqa ma'lumotlarimiz

Iltimos, arizani to'ldirish orqali so'rov yuboring yoki biz bilan ko'rsatilgan telefon raqami orqali bog'laning. Biz sizning so'rovlaringizga javob berishdan va kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnun bo'lamiz.
O'zbekistan, Toshkent, Alixon To'ra Sog'uniy ko'chasi, 49-uy
© JAPAN DIGITAL UNIVERSITY. Barcha huquqlar himoyalangan.
Fikr-mulohaza shakli
Ushbu shaklni yuborish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.