Yapon kompaniyalarida mehnat faoliyati mobaynida til bilish qanchalik muhim ro'l o'ynashi
Yapon tili ta'limi kuchi
Bu yil Yaponiya elchixonasi tomonidan 31-marotaba o'tkazilgan yapon tili notiqlik san'atida JDU talabalari faxrli 1,2,3-o'rinlarni egallashdi. Bunday natija tarixda hali bo'lmagan.JDU o'zining yapon tili ta'limi kuchli ekanini isbotladi.
JDU bitiruvchi talabalarning barchasi Yaponiyadagi nufuzli kompaniyalarga ishga joylashishini maqsad qilgan universitetdir.


Japan Digital University oliygohining 4 bosqichdan iborat yapon tili ta'lim dasturi:
- yapon tili intensiv o'rganish muddati;
- Yaponiya hamkor universiteti darslari;
- Yuqori daraja yapon tilini egallash kursi;
- Yaponiyadan berilgan ishlar ya'ni co-working amaliy mashg'ulotlari;
1.Yapon tili intensiv o'rganish muddati(Japanese Second Languege:JSL)
Talaba JDU'ga tavsiya etilganidan so'ng 6 oy davomida yapon tili N3 daraja olish maqsadida, yarim yil intensiv yapon tili o'rganadi.
Bu muddatda yapon tilining asosiy ko'nikmalari chuqur o'rganiladi va uning usullari quyidagicha keltirilgan:
  • Videodasrliklar va sinfda o'tiladigan rolli o'yinlar (AI);
  • amaliyot payti nutqni rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim uslublaridan foydalanish.
Sinfga yig'ilib yapon tilida og'zaki nutqni rivojlantirish mashqlari (darsda mashq qilingan yapon tilidagi gaplarni darsdan tashqari talaba o'zining qo'l telefoni yoki komyuteri orqali AI nutqni rivojlantirishga qaratilgan vosita orqali takroran mashq qila oladi)
Ushbu texnologiyadan to'liq foydalanadigan zamonaviy ta'lim usullari samarali natijalar berib kelmoqda.


2.Yaponiyadagi hamkor universitetlarda o'tiladigan darslar.
JDU'ga qabul qilingandan olti oy o'tgach, har bir talaba Yaponiya mamlakatidagi hamkor universitetlar darslarida yapon o'qituvchilar tomonidan kerakli bilim-ko'nikmalarni oladi.
Hamkor universitet darslari doimiy ravishda yapon tilida o'tkazilib boriladi.
Shuning uchun dastlabki davrda talabalar hamkor universitetlar bilan birgalikda yaratilgan o'zbek tilidagi tarjima materiallardan foydalanib, yapon tili maslahatchilari ko'magida universitet darslarida qatnashishadi va shu orqali shunchaki yapon tilini o'rganibgina qolmay, yapon tilidagi darslarga qatnashish jarayonida ham qo'llab o'rganadilar.


3. Yapon tili darajasini mukammal o'rganish kursi:
Japan Digital University'ga qabul qilinganidan so'ng yarim yil o'tib, talabalarga JLS'dan yanada yuqori darajani egallash uchun yapon tili fanidan darslar joriy etiladi.

4. Yaponiyada co-working amaliy mashg'ulotini o'tash imkoniyati.
Talaba oliygohimizga qabul qilinganidan bir yarim yil o'tib, yapon tili va IT dasturlash yo'nalishlarida olgan ilm ko'nikmalariga tayangan holda, Yaponiya kompaniyalarida masofaviy o'z tarzda mehnat faoliyatini boshlashi mumkin.
Talabalar shu orqali yapon tilidan o'rganilgan bilimlaridan foydalanib, yaponiyaliklar bilan birgalikda loyihalar olib borish hamda amaliy yapon tili ko'nikmalarini o'rganadilar. Co-working mashg'ulotining afzallilklarini sanab o'tadigan bo'lsak, amaliy yapon tilini o'rganish, ham ishlab so'ng daromadga topish va Yaponiya kompaniyalarida ishlash tajribasiga ega bo'lish kabi qulayliklardirni o'z ichida aks ettiradi

Yuqori malakali o'qituvchilar
JDU oliygohining Toshkent shahridagi o'quv binosida yaponiyalik o'qituvchilar tomonidan talabalarga sof yapon tili fanidan dars beriladi. Shuningdek,
"Yaponiya hamkor universiteti" va "Co-working amaliy mashg'ulotlari" darslaridan esa yaponiyalik o'qituvchilar yapon madaniyati haqida va ishga joylashishga kerakli bo'lgan bilim va ko'nikmalarni ham o'rgatishadi.
Shuningdek, "Yapon tili intensiv o'rganish muddati" va "Yapon tili darajasini mukammal o'rganish" kurslari esa yuqori malakali o'zbek o'qituvchilari tomonidan chuqur o'rgatiladi.
Bundan tashqari, masofaviy ta'lim dasturida "Yaponiya hamkor universiteti" darslarini Yaponiyada joylashgan universitetlarning 100 nafardan ortiq o'qituvchilar jamoasi JDU talabalari uchun IT muhandislik va boshqa yonalishlarda dars berishadi.


Texnologiyalardan foydalanish uchun zamonaviy ta'lim uslublari
Japan Digital University oliygohini ta'sis etuvchi hamda Yaponiya mamlakatida elektron ta'lim tizimi bo'yicha 1-o'rinni egallagan Digital Knowledge hisoblanadi.
Shu bois, JDU Yaponiyaning eng ilg'or elektron ta'lim texnologiyasini qo'llaydi.
Yuqorida keltirilgan 4 bosqichli yapon ta'lim dasturida ham tushuntirilganidek, oliygohimizda videota'lim, Computer Besed Testing, AI dan foydalanilgan, nutqni rivojlantirishga qaratilgan o'quv mashg'ulotlar kabi raqamli texnologiyalardan maksimal darajada foydalanish uchun yuqori sifatli yapon ta'lim muhiti yaratilgan.
JDU yapon tili ta'limini eng yuqori sifatda ta'minlaydi va O'zbekistondagi nutq tanlovida birinchi uch o'rinni eglallab, tarixiy muvaffaqiyatga erishdi.
Yaponiya kompaniyalarida ishlash mumkin boʻlgan amaliy yapon tili va IT-muhandislik koʻnikmalariga ega boʻlishingiz uchun Toshkent shahrida istiqomat qilib, bir paytning o'zida ham tahsil olib, ham ishlash imkoniyatini qo'lga kiritishingiz mumkin.



Japan Digital University tomonidan talabalar uchun yaratilgan qulayliklar:
Oliygohimiz Yaponiyada faoliyat olib borayotgan 5 ta universitet bilan hamkorlik qiluvchi O'zbekistondagi yagona universitetdir. Qani endi darhol JDU'ga o'qishga kirishni maqsad qilib, bilimlarni chuqur egallashni, Yaponiyaning nufuzli kompaniyalariga ishga joylashib, tajriba va daromadlar to'plang va muvaffaqiyatli hayot kechirish uchun dadil qadam tashlang!

Aloqa ma'lumotlarimiz

Iltimos, arizani to'ldirish orqali so'rov yuboring yoki biz bilan ko'rsatilgan telefon raqami orqali bog'laning. Biz sizning so'rovlaringizga javob berishdan va kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnun bo'lamiz.
O'zbekistan, Toshkent, Alixon To'ra Sog'uniy ko'chasi, 49-uy
© JAPAN DIGITAL UNIVERSITY. Barcha huquqlar himoyalangan.
Fikr-mulohaza shakli
Ushbu shaklni yuborish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.