JDU Yaponiyadagi oliygohlarida istiqbolli ta'lim olish orqali yapon universiteti diplomini qo'lga kiriting.

Yaponiya universitetlaridagi ta'lim - inson madaniyatini va salohiyatini rivojlantiradi.
Yaponiya davlatida kompaniyalarning o'zgarishiga moslab ish turlari ham o'zgartirgan holatda uzoq va davomiy ishlaydigan kadrlarni talab qilayotgani bois, mutaxassislik yo'nalishgina emas, balki insonparvarlikni kuchaytirishga diqqat qaratib umumta'lim fanlarini ham o'qitilishi o'ziga xos xususiyatidir.
Umumta'lim fanlarni o'qitishdan asosiy maqsad-talabalar keng dunyo qarash hamda har tomonlama bilimga ega bo'lishidir.
Bunga ko'ra yagona ixtisoslashgan soha bilan bog'lanmagan holda jamiyatga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan inson resurslarini rivojlantirishi kutiladi.
Yaponiya universitetlari o'quv dasturining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u biznesmen? sifatida insonparvarlik darajasini oshiradi va talabalarning uzoq umrida foydali bo'ladigan ta'lim beradi, bu tez o'zgaruvchan davrda muhim ahamiyatga ega.

O'zbekistonda turib Yaponiya universitetida tahsil olish imkoniyatiga egasiz.
JDU'ga qabul qilingan talabalar dastlabki 6 oy davomida yapon tilini intensiv o'rganadilar. So'ngra, JDU bilan hamkorlikdagi Yaponiyadagi universitetlarda Toshkentdagi o'quv binosidan ta'lim olib, tamomlagach yaponiyada beriladigan bakalavr darajasi bilan bir xil Yaponiya universiteti bakalavr diplomiga ega bo'lishadi. Bu esa O'zbekistonda bo'la turib Yaponiya universiteti bakalavr darajasiga ega bo'lish kabi katta imkoniyatdir.
JDU talabalari o'qishga qabul qilinganidan so'ng, o'zlarining yo'nalishi va bilimlari bo'yicha Yaponiyadagi hamkor universitetlaridan birini tanlab, darslarda qatnashish huquqiga ega bo'ladilar.
O'z yutuq va qadiryatlariga ega nufuzli 5ta hamkor universitetlarimiz haqida.
JDU Yaponiyada joylashgan, yuqori mavqega ega bo'lgan oliygohlardan 5 ta universitet bilan hamkorlik olib bormoqda.
Quyidagi har bir universitet haqida qisqacha ma'lumot berilgan:
- Sanno universiteti - 1949-yili tashkil etilgan o'z tarixiga ega Yaponiyadagi nufuzli universitetlardan hisoblanadi. Biznes boshqaruvi, tijorat, iqtisodiyot, sotsiologiya va psixologiya kabi sohalarda ilg'or ta'limni berib kelmoqda. Universitetning maqsadi:
- Iqtidorli kadrlarni yetishtirish, ishlab chiqarish sohasi hamda jamiyatga ham o'z hissasini qo'sha oladigan yetuk kadrlarni tayyorlashdir.
- Talabalar biznes bilan bog'liq bo'lgan amaliy o'quv dasturi orqali jamiyatda kerak bo'la oladigan bilim va ko'nikmalarni egallaydilar.
Shuningdek, Sanno universiteti bitiruvchilari boshqaruv, biznes, IT kabi turli xil yo'nalishlarda o'z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Amaliy ta'lim olish orqali talabalar darhol ishlab keta oladigan xususiyatga ega bo'ladilar va ko'pgina korxonalar tomonidan yuqori baholanadilar.

Sanno Universiteti
Sanno universiteti 1949-yili tashkil etilgan o'z tarixiga ega Yaponiyadagi nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. Biznes boshqaruvi, tijorat, iqtisod, sotsiologiya va psixologiya kabi sohalarda ilg'or ta'limni berib kelmoqda. Universitetning maqsadi - iqtidorli kadrlarni yetishtirish, ishlab chiqarish sohasi hamda jamiyatga ham o'z hissasini qo'sha oladigan yetuk kadrlarni tayyorlashdir. Talabalar biznes bilan bog'liq bo'lgan amaliy o'quv dasturi orqali jamiyatda kerak bo'la oladigan bilim va ko'nikmalarni egallaydilar.

Sanno universiteti bitiruvchilari boshqaruv, biznes, IT kabi tur xil yo'nalishlarda o'z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Amaliy ta'limni olish orqali talabalar darhol ishlab keta oladigan xususiyatga ega bo'ladilar va ko'pgina korxonalar tomonidan yuqori baholanadilar.
https://www.sanno.ac.jp/
Tokyo Online universiteti
Tokyo Online universitetining asosi bo'lgan tashkilot 1966-yilda tashkil etilgan bo'lib, 10 dan ortiq ta'lim muassasalarini boshqarib kelmoqda. Tokyo Online universiteti 2018-yil tashkil etilgan yangi universitet hisoblanadi.
Tokyo Online universiteti hozirgi davr jamiyatida talab etiladigan amaliy va nazariy bilimlarga ega kadrlarni tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilgan va axborot texnologiyalari hamda menejment sohasida birga o'qtish orqali yuqori ko'nikmalarga ega IT bo'yicha kadrlarni tayyorlamoqda.
Buning uchun, axborot texnologiyalari hamda menejment sohasini qamrab olgan keng ko'lamli axborot ta'limini berib kelmoqda. Axborot tizimini ishlab chiqish, foydalanish va texnik xizmat ko'rsatish, loyihalarni boshqarish va biznes jarayonlarini isloh qilish kabi keng jarayonli sohalarda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishingiz mumkin.
Shu sababli, universitetda global jamiyatda katta tajribaga ega bo'lgan ko'plab professor-o'qituvchilar faoliyat yuritishmoqda va universitetda xalqaro tadqiqot va ta'lim dasturlarini ishlab chiqilmoqda.
https://www.internet.ac.jp/
Otemae Universiteti
Otemae universiteti 1946-yilda tashkil etilgan, o'z tarixiga ega nufuzli universitetdir.
Talabalarga zamonaviy jamiyatda talab qilinadigan global fikrlash, muloqot qilish va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini egallash imkonini beruvchi o'quv dasturi ishlab chiqilgan.
Otemae Universiteti liberal arts ta'limiga ahamiyat qaratgan ta'lim tizimini olib boradi. Liberal Arts ta'limi – turli xil sohalar bo'yicha bilim olib, o'zini namoyon qilishga qaratilgan ta'lim tizimidir. Bunda xususan, ta'lim olish, muammoni anglashni rivojlantirish va muloqot qobiliyatini oshirish talab qilinadi. Ushbu ta'lim tizimiga asoslangan ta'lim orqali talabalar insoniyligi va bilim darajasi yuqori bo'lgan kadr sifatida jamiyatga o'z hissasini qo'sha oladigan bo'lishlarini o'z oldiga maqsad qilgan.
https://www.otemae.ac.jp/
Niigata Sangyo Universiteti
Niigata Sangyo universiteti 1965-yilda tashkil topib, 4 yillik universitet hisoblanadi. Ushbu univeristetda Texnologiya fakulteti, axborotga oid fanlar fakulteti, Menejment axborot fakulteti, Farovonlik va tibbiyot fakulteti o'z faoliyatini yuritib kelmoqda. Qolaversa, oliygohda har bir ixtisoslashgan sohada ilg'or bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish imkoniyati mavjud. JDU iqtisodiyot hamda menejment fakultetlari bilan hamkorlikni olib bormoqda. O'quv dasturi talab etiladigan iqtisodiyot va menejmet sohalarida bo'lganligi sababli, o'qishni tamomlagandan so'ng, talabalarda jamiyatda yetuk mutaxassis va yuqori ilmga ega kadr bo'lib yetishishi uchun olgan bilim va ko'nikmalarini kelajakdagi mehnat faoliyatida qo'llash imkoniyati paydo bo'ladi.

Niigata Sangyo universitetining ta'lim siyosati - mustaqil o'rganish hamda fikrlash, mustaqil ish qila oladigan iqtidorli va qobilyatli shaxslarni tarbiyalab yetishtirish hisoblanadi.

Oliygoh ta'lim asoslarini mustahkamlab, keng miqyosda yuqori darajadagi bilimlarni o'zlashtira oladigan va tez o'zgaruvchan jamiyatga samarali moslasha oladigan kadrlarni tarbiyalaydi. Niigata Sangyo universiteti turli xil o'quv dasturlar asosida talabalarni o'z oliygohida tahsil olishni taklif etgan.
https://www.nsu.ac.jp/
Kyoto Tachibana universiteti
Kyoto Tachibana universiteti Kyotoda boshlangan o'z tarixiga ega bo'lib, 1902-yilda ta'lim maskani sifatida ochilgan va 1967-yilda rasman tasdiqlangan universitet hisoblanadi. 21-asr talablariga mos ravishda yigit va qizlarning "mustaqilligi" va "birgalikda faoliyat yuritishi" ni maqsad qilgan universitet hisoblanadi.

Psixologiya bo'yicha keng qamrovli bilimlarni va yuqori mutaxassislik ko'nikmalarini egallab, insonlarning qalbi va harakati nuqtayi nazaridan, shaxs va oila, korxona kabi turli holatlarda tug'iladigan muammolarni hal qilish va ularning rivoji uchun o'z hissasini qo'sha oladigan kadrlarni tayyorlaymiz. Shuningdek, xilma-xillikka urg'u bergan holda ta'limni olib boramiz. Universitetimizda turli madaniyat va qadriyatlarga ega bo'lgan juda ko'p talabalar tahsil oladilar. Va ular bir-birlarini hurmat qilgan holda birgalikda tahsil olishni ko'zda tutishgani tahsinga sazovor. Kyoto Tachibana universiteti bitiruvchilari turli xil ilg'or kompaniyalarda ishlab kelmoqdalar.
https://www.tachibana-u.ac.jp/
Faqatgina JDU'ga xos bo'lgan xususiyat va afzalliklar:
JDU sanab o'tilgan 5 ta Yaponiya faol ravishda hamkorlik olib borayotgan O'zbekistondagi yagona universitetidir. Shu bois, Toshkentda turib, ta'lim olib, sanab o'tilgan Yaponiya universitetlari diplomini qo'lga kirita olish bu JDU ning o'ziga xos bo'lgan xususiyatlaridan biri .
Qani endi darhol JDU'ga kirishini maqsad qilib, bilimlarni chuqur egallab, Yaponiya universiteti diplomini qo'lga kiritigach , Yaponiyaning nufuzli kompaniyalariga ishga joylashib, tajriba va daromadlar to'plashni masad qilishni va muvaffaqiyatli hayot kechirish uchun dadil qadam tashlang!
*Hujjat topshirishdan oldin, qabul shartlari bilan tanishib chiqing!
Qabul shartlari